Turkmanistonning Bolqon viloyatida Mammetköl va Delili suv omborlari butunlay qurib qoldi. Bu haqda «Meteojurnal» xabar berdi.

Buning sababi 2024/2025 yillarning sovuq davrida yoğingarçilik miqdorining kamayişi tufayli uzoq davom etgan qurğoqçilik va Etrek daryosidan suv kelişining töxtaşi ekani aytilmoqda.

2024 yil noyabr oyida Mammetköl suv omborining umumiy suv sathi 3,26 km², Delili esa 0,2 km² ni taşkil etgan. 2025 yil mart oyiga kelib, Mammetköl maydoni 2,5 km² gaça qisqardi, Delili esa deyarli qurib, 0,08 km² ga tuşib qoldi.

May oyida Mammetköl maydoni 0,65 km² gaça qisqardi, Delili esa butunlay quridi. 2025 yil iyun oyi boşiga kelib, Mammetköl suv ombori ham butunlay quridi. Mammetköl oxirgi marta 2021 yil oktabr oyida butunlay qurib, 2023 yil avgustiga qadar kuçli suv toşqini uni töldirgunga qadar quruq holda qolgan edi.

Mammetköl suv ombori 1964 yilda işga tuşirilgan bölib, uning töla hajmi 20,5 mln kubometr, foydali hajmi 17,9 mln kubometrni taşkil etadi. Delili 1970 yilda işga tuşirilgan bölib, uning töliq va foydali hajmi 5,32 million kubometrga teng.

Etrek meteostansiyasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida yoğingarçilik faqat fevral va mart oylarida me’yor atrofida bölgan, qolgan oylarda ularning miqdori me’yordan sezilarli darajada past bölgan. Yanvar oyida atigi 1,6 mm, may oyida 1,4 mm yoğin bölgan. Iyun-avgust oylarida yomğir yoğmagan, kuz ham quruq kelgan.

2025 yil birinçi yarmida yoğingarçilik kamayişi tufayli Amudaryo havzasiga kirmaydigan suv havzalari va daryolarda gidrologik qurğoqçilik kuçaydi. Bu esa Murğob va Tejyen suv omborlarida suv hajmining keskin kamayişiga olib keldi. Kam suvli Etrek daryosidan töyinadigan sun’iy suv havzalari butunlay quridi. Kuzda Amudaryo havzasidagi suv omborlarida ham suv xöjaligi holati yomonlaşdi.