Joriy yilning may oyida "Samarqand 2028" sun’iy yöldoşi uçirilişi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Uzcosmos agentligi.

Agentlik xabariga köra, bu haqda Toşkentda ötgan Space Technology Conference 2026 xalqaro anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilişiça, "Samarqand 2028" sun’iy yöldoşi Xitoyning StarVision kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan.

Uzcosmos agentligining eslatişiça, ötgan yili tomonlar sun’iy yöldoş texnologiyalarini rivojlantiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş, ilmiy va texnologik integratsiyani kuçaytiriş kabi qator yönalişlarda hamkorlik qiliş böyiça memorandum imzolagan.

“Mazkur ikki tomonlama aloqalarning amaliy ifodasi esa Xitoy tomonidan fazoga uçirilişi rejalaştirilgan giperspektral sun’iy yöldoşga “Samarqand 2028” nomi berilgani böldi. Mazkur loyiha özaro hamkorlik doirasidagi eng muhim taşabbuslardan biridir”, deyiladi agentlik xabarida.