Özbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) tomonidan lingvistik tahlil qilindi.
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan 20 avgust kuni Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan an’anaviy oçiq muloqoti bölib ötdi. Unda mamlakatning barça hududlaridan tadbirkor va investorlar iştirok etdi. Şuningdek, hududiy studiyalarda mingga yaqin biznes vakillari ham qatnaşdi.
Lingvistik tahlil natijalari prezident tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, biznes imkoniyatlarini kengaytiriş, soliq-moliya tizimini takomillaştiriş va yangi iş örinlarini yaratiş kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratganini aniqladi.
Nutqda tadbirkorlar mamlakatni modernizatsiya qilişda asosiy tayançga aylanayotgani ta’kidlandi. Prezident tadbirkorlarni davlatning muhim hamkori sifatida belgilab, ular bilan birgalikda işonç, oçiqlik va olğa harakat ruhiyati şakllantirilayotganini qayd etdi.
Davlat rahbari öz nutqida jami 4241 sözdan foydalandi. Eng köp «tadbirkor» – 107 marta, «biznes» – 34 marta, «korxona» – 29 marta, «soliq» – 21 marta, «investitsiya», «loyiha», «kredit» – 15 marta, «tizim» – 14 marta, «şaroit», «bank», «startap» – 13 marta va «eksport» sözi –12 marta tilga olingan (1-rasm).

Bir qator asosiy iboralarga alohida e’tibor qaratildi, «biznes vakillari» – 8 marta, «oçiq muloqot» – 7 marta, «imtiyozli kredit» – 4 marta takrorlangan. Şuningdek, nutqda «Yangi Özbekiston», «kiçik biznes», «yoş tadbirkor», «yakka tadbirkor», «moliyaviy xizmatlar», «aylanma mablağ» va «eng ilğor» kabi iboralar har biri 3 martadan tilga olingan.
Uç sözdan iborat iboralardan «yakka tartibdagi tadbirkor» va «kuç – bu tadbirkorlar» iboralarining har biri 3 marta qayd etilgan. Şuningdek, nutqda «aholi va tadbirkorlar», «litsenziya va ruxsatnoma», «boğça va maktab», «kiçik biznes uçun», «imtiyozli kredit ajratiladi», «qöllab-quvvatlaşga tayyorman», «qarzdorlik uçun jarima», «band qilgan şaxs» va «oilaviy mehmon uylari» iboralarining har biri 2 martadan tilga olingan.
Ta’kidlanişiça, bu sözlarning köp takrorlanişi nutqda asosiy e’tibor tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, investitsiya va kredit mexanizmlarini kengaytiriş, soliq yukini yengillaştiriş hamda eksport salohiyatini oşirişga qaratilganini körsatadi.












