Muzokaralarga qaytgan Netanyahu, Xitoy kafilligini xohlamayotgan Ukraina va Ğarbdan adolat talab qilgan Japarov – kun dayjesti
|20:12 / 22.08.20255 19010 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Netanyahu muzokaralarni darhol boşlaşga buyruq berdi
Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu payşanba kuni Isroil Ğazoda uşlab turilgan barça garovdagilarni ozod qiliş va qariyb ikki yildan beri davom etayotgan uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni darhol qayta boşlaşini aytdi. Bu Netanyahuning Hamas qabul qilgan vaqtinçalik sulh taklifiga birinçi munosabati böldi.
Isroil-Ğazo çegarasi yaqinida askarlarga murojaat qilarkan, Netanyahu özining Hamasni tor-mor qiliş va sektorning yuragi bölgan — Ğazo şahrini qölga kiritiş rejasiga qat’iy bel boğlaganini aytdi.
«Şu bilan bir vaqtda men barça garovdagilarimizni ozod qiliş va uruşni tugatiş böyiça muzokaralarni darhol boşlaşga buyruq berdim. Albatta, bu Isroil uçun maqbul şartlarda böladi», dedi Netanyahu. Uning qöşimça qilişiça, Isroil hozir qaror qabul qiliş bosqiçida.
Isroil kuçlari allaqaçon hujumlarni kuçaytirgan, sönggi 10 kun içida tanklar Ğazo şahriga yaqinlaşgani sayin minglab falastinliklar uylarini tark etişga majbur bölgan.
Hamas esa haftaning boşida Qatar va Misr vositaçiligida işlab çiqilgan sulh taklifiga rozilik berganini aytgandi. Agar Isroil buni qabul qilsa, hujumning oldi olinişi mumkin.
Hozirgi taklifga köra, 60 kunlik sulh va Ğazoda Hamas qölida bölgan 10 nafar tirik asir hamda 18 jasad ozod qilinişi közda tutilmoqda. Buning evaziga Isroil taxminan 200 falastinlik mahbusni qöyib yuboradi. Vaqtinçalik sulh boşlangaç, Hamas va Isroil qolgan asirlarni qaytariş hamda doimiy sulh böyiça muzokaralarni boşlaşi rejalaştirilgan.
Siyosiy şarhlovçi Marvon Bişara Netanyahuning «Ğazo şahriga hujum avjida bölganida sulh muzokaralarini qayta boşlaş haqidagi e’loni»ni — «öt ostida muzokara» deb atadi. «Endi barça şartlarni Isroil belgilayapti. U heç kimni tinglamayapti. Vaşingtondan töliq ‘yaşil çiroqʼ olgan», dedi u.
Tongdan beri Ğazo böylab Isroil hujumlarida kamida 48 falastinlik halok böldi. Ulardan 16 nafari GHF yordam tarqatiş nuqtalarida otib taşlangan oxirgi qurbonlar edi. Şu bilan birga, sönggi 24 soat içida Ğazoda yana ikki kişi oçlikdan halok böldi, deb xabar qildi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi. Bu esa uruş boşlanganidan beri Isroil sababli oçlikdan ölgan falastinliklar sonini 271 nafarga yetkazdi. Ulardan 112 nafari bolalar.
Mavzuga oid
Rossiya-Ukraina uruşi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev Xitoyni uruşdan keyin Ukraina xavfsizligiga kafil davlatlar qatorida körmayotganini aytdi. «Nega Xitoy kafil bölolmaydi? Birinçidan, Xitoy avvalboşdan bizga bu uruşni töxtatişda yordam bermadi. Ikkinçidan, Xitoy dronlar bozorini oçib, Rossiyaga yordam berdi», – dedi Ukraina prezidenti.
Şu bilan birga, Zelenskiy AQŞ tomonidan «kuçli» xavfsizlik kafolatlari mavjud bölgan taqdirda Ukrainaning NATOga qöşilişini majburiy deb hisoblamasligini ma’lum qildi.
Ğarb OAVlarining yozişiça, hozirda Ukraina uçun ehtimoliy kafolatlarning törtta turini ajratib körsatiş mumkin: Ukraina hududida xorijiy qöşinlarni töliq joylaştiriş, faqat mamlakat havo hududini himoya qiliş, NATO nizomining beşinçi moddasi böyiça kelişuv hamda AQŞ va Yaponiya örtasidagi hamkorlikka öxşaş yangi mudofaa alyansini tuziş.
Rossiya oçiqçasiga qarşi bölgan yagona variant – Ukraina hududida xorijiy harbiy kontingent joylaştirilişi. Buni Putin ham, Rossiya TIV ham bir neça bor takrorlagan.
The Guardian naşri öz manbalariga tayanib yozişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiyaga uning iştirokisiz ikki tomonlama muloqot qiliş imkoniyatini bergan.
«Tramp Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy örtasidagi uçraşuvni keyingi bosqiç deb hisoblamoqda. AQŞ yetakçisi ikki tomonlama muzokaralar yakunidan kelib çiqib uç tomonlama uçraşuv ötkaziş imkoniyatini körib çiqadi», degan naşr. Politico naşri esa Zelenskiy bilan yakkama-yakka uçraşuv ötkazişni Putin iltimos qilganini yozmoqda.
Eron keng kölamli harbiy maşğulotlarni boşladi
Eron Isroil bilan 12 kunlik uruşdan söng, birinçi marta keng kölamli harbiy maşğulotlar ötkazmoqda. Eron harbiylari e’lon qilgan videoda harbiy-dengiz kuçlari kemalari Ummon körfazi va Hind okeanidagi dengiz nişonlariga raketalar uçirayotganini köriş mumkin. «Sabalan» raketa kreyseri va Ganaveh esminetsi «Nasr» qanotli raketalarini uçirib, nişonlarga muvaffaqiyatli zarba berdi. Şuningdek, kemalarga qarşi «Qodir» raketasi sinovdan ötkazildi.
Euronewsʼning yozişiça, «Barqaror kuç 1404» deb nomlangan maşğulotlar yaqinda yakunlangan mojaro fonida bölib ötmoqda. Manyovrlarda suvusti va suvosti kemalari, aviatsiya, qirğoq va dengiz raketa tizimlari, şuningdek, Hind okeani şimoliy qismi va Ömon körfazidagi radioelektron kuraş bölinmalari iştirok etmoqda.
Eronning 18 mingga yaqin harbiy-dengiz kuçlari Bandar-Abbos portida joylaşgan bölib, Ömon körfazi, Hind okeani va Kaspiy dengizi havzasini nazorat qiladi. Fors körfazi va Hurmuz böğozi esa Islom inqilobi muhofizlari korpusi nazorati ostida böladi.
Eron mudofaa vaziri brigada generali Aziz Nosirzodaning ta’kidlaşiça, mamlakat öz qurolli kuçlarini duşmanning ehtimoliy tajovuzkor harakatlarini samarali qaytarişga qodir yangi raketalar bilan ta’minlagan.
Sadir Japarov Tramp va Starmerga murojaat qildi
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Buyuk Britaniya va AQŞ hukumatlari tomonidan ayrim qirğiz banklariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar yuzasidan izoh berdi. Uning aytişiça, Qirğiziston banklari Ğarbning Rossiyaga qarşi çeklovlarini çetlab ötişda iştirok etganiga oid heç qanday dalil yöq va bunday çoralarni Ğarb mamlakatlari tomonidan iqtisodiyotning siyosatlaştirilişi deb baholadi.
«Yanvarda AQŞ «Keremet Bank»ka qarşi sanksiya joriy qildi, göyoki u çeklovlarni çetlab ötişda iştirok etayotgan emiş. Ammo ular buni tasdiqlaydigan birorta ham fakt keltira olişmadi. Va keltira olişmaydi ham, çunki bunday faktlar mavjud emas», — deya Japarovning sözlarini keltirmoqda Kabar agentligi.
Prezident ta’kidlaşiça, Qirğizistonda 21 ta bank faoliyat yuritmoqda va barça banklar sanksiya ostiga tuşmasligi uçun faqat davlatga qaraşli «Keremet Bank» rublda operatsiyalar olib boradi. Endilikda rubldagi operatsiyalarni Moliya vazirligi nazoratidagi «Kapital Bank» ham amalga oşiradi. Japarovning aytişiça, bu qaror Rossiyada işlayotgan va har kuni Qirğizistonga milliardlab rubl yuboradigan mehnat muhojirlari uçun qabul qilingan.
«Endi esa, xuddi «Keremet Bank» singari, Buyuk Britaniya ham «Kapital Bank»ka qarşi sanksiya joriy qilmoqda. Yana heç bir dalilsiz. Faqat şubhalarga asoslanib. Bu meni öylantiradi: balki bu Qirğiziston iqtisodiyoti tez sur’atlarda rivojlanayotgani bilan boğliqdir? Çunki yirik davlatlar boşqa mamlakatlarning tez rivojlanişidan manfaatdor emas», — dedi Japarov.
U Donald Tramp va Keyr Starmerga murojaat qilib, iqtisodiyotga siyosat aralaştirilmasligini va ötgan yili Yevroittifoqning özi ham Rossiya bilan 100 milliard dollardan köproq savdo qilganini eslatgan.
«Siz namoyon qilayotgan munosabat adolatsiz. Biz iqtisodiyotni öz kuçimiz bilan kötaryapmiz. Bunday qadamlarni mamlakat içki işlariga aralaşuv deb qabul qiliş mumkin», deydi Japarov.
21 davlat Isroilni Ğarbiy sohilda posyolkalar qurişni töxtatişga çaqirdi
Payşanba kuni 21 ta davlat Isroilning Falastinda bosib olingan Ğarbiy Sohilda minglab yangi uylar quriş rejasini qoralab, «E1 posyolka» rejasini xalqaro huquqning buzilişi deb atadi.
Qöşma bayonotda Kanada, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya kabi önlab davlatlar taşqi işlar vazirlari, şuningdek Yevroittifoq boş diplomati - Isroilni uni darhol bekor qilişga çaqirdi.
Isroil OAVlariga köra, moliya vaziri Betsalel Smotriş Quddus şarqidagi Ma'ale Adumim hamda uning hududlarida 7 mingga yaqin uylar qurişni ma’qullagan. Loyiha Ğarbiy Sohilni ikki qismga bölib taşlaş, şimoliy va janubiy şaharlari örtasidagi aloqalarni uziş hamda Şarqiy Quddusni izolyatsiya qilişni maqsad qilgan.
Smotrişning aytişiça, bu reja har qanday kelajakdagi Falastin davlatini ikkiga bölib, Şarqiy Quddusga falastinliklarning kirişini çeklab, «ikki davlatli yeçim»ni imkonsiz qiladi.
«Aslida bu — xavfsizlikni zaiflaştiradi, zöravonlik va beqarorlikni yanada kuçaytiradi va bizni tinçlikdan uzoqlaştiradi», deyiladi bunga qarşi davlatlar bayonotida.
Ular Tel-Avivda bu rejani «zudlik bilan qaytarib oliş»ga çaqirdi. «Isroil hukumati BMT Xavfsizlik Kengaşining 2334-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq posyolka qurilişini töxtatişi va Falastin ma’muriyatining moliyasi böyiça qöyilgan çeklovlarni olib taşlaşi lozim», deyiladi bayonotda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi