Bir paytlar yopilgan çegaralar oçildi, közu qoşdek yaqin, birida özbeklar, ikkinçisida qirğizlar yaşaydigan qişloqlar örtasidan tortilgan simtörlar olindi, ayriliqqa mahkum etilgan oilalar yana birlaşdi, bolalar ota-onalarining bağriga qaytdi.
Özbekiston Qahramoni, adabiyotşunos olim Ozod Şarafiddinov “Çingiz Aytmatovning Oq kemasi – insoniyatni xalos qiladigan umid kemasi, najot kemasidir” deganida naqadar haq bölganini vaqtning özi ham isbotladi.
Bugun dunyoda tahlika, turli ziddiyatlar va notinçliklar avj olayotgan murakkab bir davrda Markaziy Osiyo, jumladan Özbekiston va Qirğizistonda ham özaro totuvlik, hurmat va tinçlik muhiti hukm surayotganini nafaqat biz, xalqlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham e’tirof etmoqda.
Ikki davlat rahbarlari — hurmatli Şavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning siyosiy irodalari bois yana birgamiz, yana birdammiz.
Mamlakat Liderlari namoyon etayotgan bu ibrat yöli – xalqlarimiz farovonligi, davlatlarimiz taraqqiyotining kafolatidir.
Çunki bugun çegaralargina emas, köngillarimiz ham oçiq!
Yoşlarimiz ilm-fanda, madaniyatda, san’atda, sportda, tadbirkorlikda va bugungidek intellektual musobaqalarda yelkama-yelka, çin yurakdan harakat qilişmoqda. Katta natijalarga ham erişmoqdalar, degan Saida Mirziyoyeva öz nutqida.
Eslatib ötamiz, Saida Mirziyoyeva şu yil 19-20 avgust kunlari Qirğiziston poytaxti Bişkekka taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida mamlakat prezidenti Sadir Japarov va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari – Vazirlar Mahkamasi Raisi Adilbek Qasimaliyev bilan uçraşdi. Şuningdek, Bişkek şahrida ötgan "Ayol — dunyoni yaxşilik sari özgartiruvçi lider" xalqaro forumida ham qatnaşdi.











