Prezident Şavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qiliş yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqotda sudlar faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirişga qaratilgan «Odil sudlov – 2030» strategiyasi loyihasi taqdimot qilindi.
Sönggi yillarda sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlaş, inson huquqlarini sud orqali himoya qiliş va odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça izçil islohotlar amalga oşirildi. Şu bilan birga, aholi murojaatlari va sud amaliyoti tahlili tizimda yeçimini kutayotgan masalalar mavjudligini körsatdi.
Şu munosabat bilan islohotlar natijasi, avvalo, fuqaroning sudga ortiqça ovoragarçiliksiz murojaat qilişi, buzilgan huquqi öz vaqtida tiklanişi va qabul qilingan qarorning adolatli ekaniga işonç hosil qilişida namoyon bölişi kerakligi körsatib ötildi.
«Odil sudlov – 2030» strategiyasi aholining takliflari, olimlar, amaliyotçi yuristlar va advokatlar bilan muloqotlar, şuningdek, ilğor xorijiy tajriba asosida işlab çiqilgan. Strategiyada 57 ta vazifa, uni amalga oşiriş böyiça 2026-2028 yillarga möljallangan Harakatlar dasturida 160 ta aniq çora-tadbir hamda 2030-yilga qadar erişilişi lozim bölgan 33 ta maqsad belgilangan.
Jumladan, quyi sudlar qarorlarini qayta körib çiqiş xolisligini oşiriş maqsadida 2027-yil 1-iyuldan 5 ta hududlararo sud taşkil etiladi. Viloyat sudlarida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari saqlanib, taftiş instansiyasining vakolatlari hududlararo sudlarga beriladi. Bu bir sudning öz qarorini özi qayta körib çiqişi amaliyotiga çek qöyadi va fuqarolarning adolat izlab poytaxtga boriş zaruratini kamaytiradi.
Kundalik hayotiy muammolarni hal etuvçi, odamlarning işi köproq tuşadigan sudlar fuqarolik işlari böyiça sudlar ekanini inobatga olib, ularni xalqqa yaqinlaştiriş maqsadida 2030-yilga qadar zaruratga qarab qariyb barça tuman va şaharlarda fuqarolik sudlarining faoliyati bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi. Barça sudlarda axborot oliş, murojaat topşiriş va raqamli xizmatlardan foydalaniş «yagona darça» tamoyili asosida ta’minlanadi.
Sudga berilgan ariza boşqa sudga tegişli bölsa, u fuqaroga qaytarilmaydi, sudning özi uni tegişli sudga yuboradi. Arizada juz’iy kamçilik aniqlangan taqdirda sud uni bartaraf etişda fuqaroga faol kömaklaşadi.

Iqtisodiy nizolarni tezkor hal etiş uçun «iqtisodiy işlarni proaktiv boşqariş» standarti joriy etiladi. Bu tadbirkorlarning idorama-idora sarson bölişi va hujjatlarni qayta-qayta topşirişiga çek qöyadi.



















