Qirğizistonda rossiyalik Natalya Nagovitsinaning Ğalaba çöqqisidan evakuatsiya qiliş operatsiyasi yakunlandi, dedi 23 avgust kuni «Izvestiya» gazetasiga bergan izohida «Yujniy Inilçek» alpinistlar lageri boşliği Dmitriy Grekov. Uning sözlariga köra, Nagovitsina qolib ketgan balandlikdan 1955 yildan beri heç kimni qutqarişning iloji bölmagan.

22 avgust kuni ham Qirğiziston FVV matbuot xizmati qutqaruvçilar Nagovitsinaga yetib borişi mumkinligini istisno qilmagandi. Ammo ular bilan aloqa uzilgan, keyinroq boşqarma ob-havo şaroiti tufayli operatsiya majburiy ravişda töxtatilganini ma’lum qilgan. Alpinist Ilim Karipbekov TASS agentligiga bergan izohida ta’kidlaşiça, qutqaruv guruhi 6,1 ming metr balandlikda töxtagan, Nagovitsina esa 7,2 ming metr balandlikda qolmoqda.

TASS agentligining Qirğiziston FVVdagi manbasi aniqlik kiritişiça, hozirda çöqqida kuçli şamol va qor böroni kuzatilmoqda, keçalari esa havo harorati Tselsiy böyiça –30 darajagaça pasaymoqda.

Vazirlik matbuot xizmati rahbari Adil Çarigov «Izvestiya» naşriga ma’lum qilişiça, jarohatlangan rossiyalik ayolning tirik qoliş ehtimoli deyarli yöq: «Barça ekspertlarimiz u halok bölganini taxmin qilişmoqda». Uşbu rasmiy formulirovkada yanglişgan: Nagovitsinaning ölimi töğrisidagi uzil-kesil xulosani faqat qutqaruvçilar yetib borib, tomirini uşlab körganidan keyingina beriş mumkin. Alpinistning ölimi haqidagi ma’lumotlarning yana bir manbasi – «Veçerniy Bişkek» naşri. Ismi oşkor etilmagan «ekspeditsiya rasmiylari» jurnalistlarga Nagovitsina «sovuq va çarçoqdan vafot etgani»ni aytgan.

Şu bilan birga, Rossiya alpinizm federatsiyasi vitse-prezidenti Aleksandr Pyatnitsin TASSga bergan izohida hozirça Nagovitsinaning ölimi haqida tasdiqlangan ma’lumot yöqligini ta’kidlagan: «Hozirda ob-havo şaroiti tufayli qidiruv işlari töxtatilgan. Bundan keyin nima bölişi ob-havoga, şaroitga boğliq. U tirikmi yoki yöqmi, noma’lum – şifokor uning oldiga bormagan. Buni qança kutiş kerakligi noma’lum».

Eslatib ötamiz, 47 yoşli Nagovitsina 12 avgust kuni Ğalaba çöqqisidan tuşayotganda oyoğini sindirib olgan va çöqqida oziq-ovqatsiz va deyarli suvsiz qolib ketgan. Şerigi Roman Mokrinskiy unga birinçi yordamni körsatgan va yordam kuçlari olib keliş uçun pastga tuşgan. Keyingi kuni ikki xorijlik alpinist Nagovitsinani pastga tuşirişga urinib körgan. Ular ayolning oldiga yetib borişga muvaffaq bölişgan, uni uxlaş xaltasiga öraşgan, ammo uni tepada qoldirişga majbur bölişgan. Keyinçalik uşbu alpinistlardan biri, Italiya fuqarosi Luka Sinigalining ahvoli keskin yomonlaşgan va u 15 avgust kuni vafot etgan.

Alpinistni evakuatsiya qilişga navbatdagi uriniş 16-17 avgust kunlari amalga oşirildi, biroq qutqaruvçilar guruhi bölgan vertolyot turbulent zonaga tuşib, avariyaviy qönişni amalga oşirdi. Natijada ekipaj va mutaxassislarni boşqa vertolyotda evakuatsiya qilişga töğri keldi. Jabrlanganlar şifoxonaga yetkazilgan.