Finlandiya poytaxtida Eagle S neft tankeri kapitani va uning ikki yordamçisi ustidan sud jarayoni boşlanmoqda. Ular Finlandiya körfazidagi beşta elektr va telekommunikatsiya kabeliga zarar yetkazganlikda ayblanmoqda.

Sankt-Peterburgdan jönab ketgan kema langarini dengiz tubi böylab sudragan, natijada Finlandiya va Estoniyani boğlovçi Estlink 2 elektr kabeli 2024 yil dekabrida, şuningdek, törtta internet kabeli uzilgan. Tergov yakuniga köra. Finlandiya xavfsizlik idoralari voqea sodir bölganidan köp ötmay tankerga mamlakat hududiy suvlariga kirişni buyurgan, söngra uni kabellarni buzişga aloqadorlikda gumon qilib, qölga olgan.

Yanvar oyida Rossiyaning «soya floti» kemalaridan biri hisoblangan tanker xatlovga olingan edi. Mart oyida Finlandiya xatlovga olişni bekor qilib, kemaga mamlakatni tark etişga ruxsat berdi. NATO davlatlari bir yil içida uçinçi hodisaga aylangan voqeadan söng Boltiq dengizidagi harbiy mavjudligini kuçaytirişga qaror qildi.