Özbekiston milliy jamoasiga yangi boş murabbiy izlaş jarayoni qiziqarli tus oldi va Janubiy Koreya va Portugaliya milliy jamoalari sobiq boş murabbiyi Paulu Bentu asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda Football-Asian xabar berdi.

«Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 2026 yilda Özbekiston uçun tarixdagi ilk jahon çempionatida işlaydigan boş murabbiyni qidirib, 2014 yilgi jahon çempionati ğolibi Yoahim Lyovga qilgan murojaati muvaffaqiyatsizlikka uçradi - germaniyalik taktikaçi Toşkentning jiddiy taklifini rad etdi. Turkiyaning faxriy sobiq murabbiyi Fotih Terim ham nomzodlar qatoriga qöşildi, ammo u hali köndirilmadi. Endi e’tibor 56 yoşli portugaliyalik, klub futbolida va xalqaro miqyosda tajribaga ega Bentuga qaratildi», deb yozdi naşr.

Paulu Bentu murabbiylik faoliyatini 2005 yil vatanida, «Sporting» klubida boşlagan. Keyinroq, Braziliyaning «Kruzeyro», Gretsiyaning «Olimpiakos» va Xitoyning «Çunsin Lifan» klublarida işlagan.

2010 va 2014 yillar oraliğida Portugaliya milliy jamoasini boşqarib, Yevro-2012 yarimfinaliga olib çiqdi. Keyinçalik Janubiy Koreyani Qatarda bölib ötgan JÇ-2022 final bosqiçiga olib çiqib, Osiyoda ham hurmatga sazovor böldi. Sönggi yillarda BAA milliy jamoasida işladi.

Naşrning ta’kidlaşiça, yaqin haftalar muzokaralar uçun hal qiluvçi palla bölişi mumkin.

«Bentu Markaziy Osiyoning yetakçi bayroqdori çaqiriğini qabul qiladimi yoki yöqmi, noma’lum, ammo uning nomzodlar qatorida bölişining özi Özbekistonning katta qat’iyatini ta’kidlaydi», deb yozdi naşr.