Fransiya Madagaskarga uçta boş suyagini, jumladan, 1897 yilda fransuz mustamlakaçi qöşinlari tomonidan boşidan judo qilingan qirol Toeraning taxminiy boş suyagini qaytarib berdi, deb yozdi France 24.

Uşbu voqeani orol aholisi yigirma yildan ortiq kutdi, bu Fransiyaning 2023 yildagi davlat kolleksiyalarida bölgan inson qoldiqlarini qaytariş töğrisidagi qonunining birinçi amaliy qöllanişi böldi, deb ta’kidladi telekanal.

France 24 telekanaliga köra, qirol Toera XIX asr oxirida fransuz mustamlakasiga qarşilik körsatgan Madagaskarning ğarbiy sohilidagi Sakalava etnik guruhining yetakçilaridan biri bölgan. Uning omma oldida qatl etilişi oroldagi mustamlakaçilik zöravonligining ramziga aylangan.

Boş suyagi Parijdagi Inson muzeyida 128 yil davomida mustamlaka davrining öljalari sifatida saqlangan. Qirolning avlodlari ularni qaytariş töğrisida 2003 yildayoq murojaat qilgan. Madagaskar hukumati vakillariga qoldiqlar Parijdagi Madaniyat vazirligi binosida vazirlik rahbari Raşida Dati va Madagaskar madaniyat vaziri Volamiranti Donna Mare iştirokida ötkazilgan rasmiy marosimda topşirildi. Jasad qoldiqlari Madagaskarga 31 avgust kuni jönatilişi kerak.

Telekanalning ta’kidlaşiça, Madagaskar uçun jasadlarning qaytarilişi çuqur ramziy ma’noga ega. Madagaskar prezidenti Andrey Radjoelina buni 2019 yilgi saylovoldi va’dalaridan biriga aylantirdi. Qoldiqlar 2024 yil aprel oyida qaytarilişi taxmin qilingan edi, biroq qirolning avlodlari mahalliy an’anaga köra omadsiz hisoblangan yil tanlangani tufayli bu qarorga qarşi çiqdi.