Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi Misrdagi AES qurilişida xavfsizlik va muhandislik qoidalarini buzganlikda ayblanyapti. Bu haqda Politico xabar berdi.

Joriy yil 4-iyun kuni «Rosatom» rahbarlaridan biriga yöllangan maxfiy maktubda Misr Atom elektr stansiyalari boşqarmasi «El-Dabaa» AES qurilişidagi qator qoidabuzarliklarni sanab ötgan. Xususan, bir neçta reaktor bloklarida «nuqsonlar» borligi va «yadro xavfsizligi madaniyati» talablari buzilgani ta’kidlangan. Maktubda şuningdek, loyiha böyiça mas’ul şaxslardan birining «qasddan beparvoligi» ham tanqid qilingan.

Ilgari heç qaçon ommaga e’lon qilinmagan hujjatlar töplami maxsus xizmat xodimi tomonidan anonimlik şarti bilan OAVga taqdim etilgan. Hujjatlar orasida qurilişdagi keçikişlar va muhandislik muammolarini tasdiqlovçi «Rosatom»ning içki korporativ audit xulosalari ham bor.

Jiddiy nuqsonlar va «közböyamaçilik»

«El-Dabaa» majmuasi töliq işga tuşgaç, Rossiya loyihasi asosida qurilgan törtta atom reaktoridan iborat böladi. Biroq Misr rasmiylari tomonidan «Rosatom»ga yuborilgan maktubda reaktor bloklarida qator kamçiliklar borligi qayd etilgan.

Xususan, 1-, 2- va 3-energobloklar poydevor plitalaridagi nuqsonlarni bartaraf etiş uçun bir yil vaqt sarflangan, 4-blok betonida esa böşliqlar aniqlangan. Şuningdek, Misr tomoni «Rosatom»ni qurilişning yarmidan köpi yakunlanganini körsatiş maqsadida «çalğituvçi usullar» va «soxta işlar» qilişda ayblagan. Aslida esa atom stansiyasining asosiy binolari haligaça yer osti quriliş bosqiçida ekani aytilyapti.

Şuningdek, Misr idorasi da’vosiga köra, «Rosatom»da iş joyidagi tartib va kasbiy madaniyat ham talab darajasida emas. Xodimlarda taqiqlangan alkogolli içimliklar aniqlangan, ular soxta ruxsatnomalardan foydalangan, quriliş maydonçasida olingan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirgan. Yana bir holatda esa işçilardan biri «oğir oçiq siniş jarohati» olgani, biroq u maxsus jihozlangan tez yordam maşinasida emas, balki xususiy avtomobilda olib ketilgani aytiladi. Bu holat «işdagi hodisani qasddan yaşiriş» hamda «mehnat xavfsizligi qoidalarining qöpol buzilişi» deya baholangan.

Politico örgangan «Rosatom»ning yana törtta içki hujjati ham Misr regulyatori bildirgan xavotirlarning ayrim jihatlarini tasdiqlaydi. Ularda qurilişdagi keçikişlar, işlar sifati bilan boğliq muammolar va loyiha boşqaruvidagi kamçiliklar bayon qilingan.