CNN 17-avgust kuni e’lon qilgan materialida Ukrainada Patriot havo hujumidan mudofaa majmualari uçun raketa-tösuvçilar deyarli qolmaganini xabar qildi. Bu haqda telekanal jurnalistlariga ukrainalik rasmiylar ma’lum qilgan.
CNN jurnalistlariga Ukrainadagi Patriot tizimlarining 16 ta raketa uçiriş qurilmasi körsatilgan. Ularda muntazam foydalanilganini körsatuvçi izlar bölgan. Biroq uşbu majmualarga xizmat körsatuvçi boş muhandisning aytişiça, u sönggi olti hafta davomida Patriot tizimlarining biror marta işlatilganini körmagan.
Bu holat Rossiya sönggi oylarda Ukrainaga havo va raketa zarbalarini kuçaytirgan bir paytda kuzatilmoqda. Xususan, Kiyev ham vaqti-vaqti bilan ballistik raketalar bilan nişonga olinmoqda.
5-avgust kuni Kiyev Rossiya tomonidan uçirilgan 28 ta ballistik raketaning birortasini ham urib tuşiriş imkoni bölmaganini ma’lum qilgan. Ukraina tomoni buni zarur havo hujumidan mudofaa vositalari yetişmasligi bilan izohlagan.
Politico bahosiga köra, tanqislik, birinçi navbatda, Patriot tizimi uçun möljallangan PAC-3 va PAC-2 raketalariga taalluqli. Ular Rossiyaning yuqori tezlikdagi ballistik qurollariga qarşi Ukrainaning eng samarali vositalari qatoriga kiradi.
Ukrainada qança Patriot raketasi qolgan?
Ukraina hukumati mamlakat ixtiyorida aniq qança Patriot raketa-tösuvçisi qolganini oçiqlamayapti.
Prezident Volodimir Zelenskiy 13-avgust kuni e’lon qilingan CNN bilan intervyusida AQŞ zaxiralaridagi Patriot raketalarining 5 foizi Ukrainaga qişdan çiqib oliş uçun yetarli bölişini aytgan.
Zelenskiyning sözlariga köra, agar AQŞ öz zaxiralaridagi raketalarning 10 foizini Ukrainaga sotsa, Kiyev Rossiyaning barça ballistik raketalarini urib tuşiriş imkoniyatiga ega böladi.
«Menda 1 foiz bor», degan Zelenskiy.
Ukraina prezidenti zarur miqdordagi Patriot raketalarini oliş uçun Kiyev ixtiyorida bor-yöği bir neça oy vaqt qolganini ham ta’kidlagan.
Uning aytişiça, Ukraina 2026-yilda ötgan yilga nisbatan 2,5 baravar kam raketa-tösuvçiga ega. Ayni paytda Rossiya har oy avvalgiga nisbatan ikki baravardan ham köproq ballistik raketa işlatmoqda.

















