AQŞ prezidenti Donald Tramp Ömon sultonligiga harbiy zarba beriş bilan tahdid qildi. U bu haqda 17-avgust kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Trampning aytişiça, agar Ömon AQŞ va Eron örtasida Hörmuz böğozi taqdiri böyiça olib borilayotgan muzokaralarga «xalaqit bersa», Vaşington unga qarşi harbiy kuç işlatişi mumkin.

AQŞ prezidenti bu fikrni keskin ibora bilan ifodalab, bunday holatda Qöşma Ştatlar Ömonni bombardimon qilib, uning «aqlini kiritib qöyişi»ni aytgan.

Ayni paytda Ömon Tehron bilan Hörmuz böğozida kemalar harakatini birgalikda nazorat qiliş masalasida muzokaralar olib bormoqda. Biroq hozirça tomonlar örtasida yagona kelişuvga erişilmagan.

Hörmuz böğozi jahon energetika bozori uçun strategik ahamiyatga ega. AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanişidan avval jahon bozoriga yetkazib beriladigan neftning taxminan beşdan bir qismi aynan şu dengiz yöli orqali taşilgan.

AQŞ va Eron muzokaralari uçun berilgan muddat tugadi

17-avgust kuni Vaşington va Tehron örtasida muzokara ötkaziş uçun belgilangan 60 kunlik muddat yakunlandi.

Bu muddat Donald Tramp iyun oyida G7 sammiti doirasida imzolagan özaro anglaşuv memorandumida belgilangan edi.

Rejaga köra, ikki oy içida AQŞ va Eron Tehronga qarşi sanksiyalar, Eron yadro dasturi va boşqa bahsli masalalar böyiça kelişuvga erişişi kerak edi.

Biroq belgilangan muddat içida tomonlar murosaga kela olmadi.

17-avgust kuni Fox News bilan suhbatda Tramp Eron «oq bayroq kötarib, taslim bölişi kerakligi»ni aytdi. Şu bilan birga, u muzokaralar uçun yangi muddat belgilaş niyati yöqligini anglatgan.

Janglar muzokaralar muddati tugamasidan avval qayta boşlangan

AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar uçun ajratilgan 60 kunlik muddat yakunlanişidan avvalroq tomonlar örtasida harbiy harakatlar qayta boşlangan.

Iyul oyida Eron Hörmuz böğozida bir qator kemalarga hujum qilgan. Bunga javoban AQŞ Eron hududidagi ob’yektlarga bir neça marta havo zarbalari bergan.