Yaqin Şarqdagi uruş kutilganidan çözilib ketdi. Tehron «uç kunda qulamadi». Yarim yildan buyon Amerika Eronni öziga böysundira olmadi. Siyosiy va harbiy rahbariyat töliq tarkibda, kamida ikki marta öldirilganiga qaramay, Eronda boşqaruv özgarişsiz qoldi.
Qaytanga endi bu davlatdan axborot çiqişi yanada qiyinlaşdi, muhofizlar korpusi vakolatlari çeksiz böldi, korpus armiya ustidan nazoratga ega böldi. Amerika naşrlarining arab davlatlari razvedka ma’lumotlariga asoslanib yozişiça, Tehron yaqin kelajakda uruş yanada kattalaşişiga tayyorlanmoqda.
Korpusga çeksiz vakolat
Inqilob muhofizlari korpusi Erondagi asosiy harbiy tuzilma hisoblanadi. Şundoğam juda katta vakolatga ega bölgan korpus endilikda Eron armiyasi ustidan ham nazoratga ega böladi. Harbiy rahbariyatdagi muhim lavozimlarga Iroq uruşi faxriylari va arab davlatlariga zarba beriş tarafdorlari qöyilgan.
Tehron kontrrazvedkani kuçaytirgan. Şuningdek, raketa va dron işlab çiqariş tezlaşgan. WSJ'ga köra, keyingi eskalatsiya davomida Eron fors körfazidagi internet simlariga diversiya uyuştirişi mumkin. Şuningdek, Kuvayt va Bahrayn kabi şialar yaşovçi arab davlatlarida siyosiy vaziyatni izdan çiqarişga urinişlar bölişi mumkinligi aytilgan. Naşr manbalari hatto Kuvaytda quruqlik amaliyoti bölişi mumkinligi istisno qilmagan. Arab davlatlari razvedkalari Eron rahbariyati oxirgi vaqtlarda Iroq va Yamandagi tarafdorlari bilan suhbatlarda quruqlik amaliyotlari haqida tobora köproq gaplaşayotganiga e’tibor qaratgan.
Eron suvdagi jang maydonini qizil dengizgaça uzaytirişni istayotgan bölişi mumkin. Saudiya Hörmuz blokadasini aynan şu dengiz yöli orqali aylanib ötişga intilmoqda. Lekin bu yölda Yaman husiyçilari borligi vaziyatni saudlar uçun qiyinlaştiradi. Balki husiyçilar oxirgi vaqtlarda faol bölib qolgani ham bejizga emasdir.
Eron Amerika uçun muzokara çalğituvçi vosita deb hisoblab, Vaşington jiddiyroq hujumga tayyorlanmoqda degan qarorga kelgan. Ular Trampning tinçlik istayotganini işoniş örniga yanada kattaroq uruşga tayyorgarlikni boşlab yuborgan.
Biroq Tehronda ham yangi eskalatsiyadan xavfsirayotganlar bor. Ular uruş kattalaşsa, mamlakat içida vaziyat izdan çiqişi mumkin deb hisoblamoqda. Asosiy xavotir yanvar oyidagi kabi ommaviy namoyişlar boşlanib ketişi bilan boğliq.
Bu nima degani?

















