Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni rasmiy taşrif bilan mamlakatimizda bölib turgan Yaponiya taşqi işlar vaziri Takeşi Ivaya boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuvda Özbekiston-Yaponiya strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Faol muloqotlar davom etayotgani va amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun ötkazilgan ikki mamlakat taşqi işlar vazirlarining Strategik muloqoti birinçi yiğilişining samarali natijalari yuksak baholandi.

Siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikning aniq loyihalarini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekiston-Yaponiya markazi faoliyatini kengaytiriş va kelgusida uning negizida Yaponiyaning yetakçi universitetlari iştirokida qöşma universitet taşkil etiş rejalari qöllab-quvvatlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, şu jumladan «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi bölajak sammitni ötkaziş yuzasidan ham fikr almaşildi.