2025 yilning 1 avgust holatiga, jismoniy şaxslar örtasida tuzilgan 356,1 mingta ijara şartnomasi asosida 445 mlrd söm daromad soliği hisoblanib, 2024 yilning mos davriga nisbatan ijara şartnomalari soni 9,1 foiz va hisoblangan daromad soliği summasi 46,6 foizga oşdi. Bu haqda Soliq qömitasining "Fiskal tahlillar" kanalida ma’lum qilindi.
Yuridik şaxslar örtasida tuzilgan 159,1 mingta ijara şartnomasi asosida 154,5 mlrd söm soliq hisoblanib, 2024 yilning mos davriga nisbatan ijara şartnomalari soni 14,1 foiz va hisoblangan soliq summasi 34,7 foizga oşgan.
Uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq tölovçilar daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-iyulda daromad soliğidan 40,7 mlrd söm imtiyoz qöllandi. Talabalar bilan 65,3 mingdan ortiq ijara şartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvçi talabalar soni 95 307 nafarni taşkil etdi.








