Qozoğistonning “Yevrosiyo banki” AJ Özbekistondagi faoliyatini tugayotganini ma’lum qildi. Avvalroq Özbekiston regulyatori qozoq bankining ayni nomdagi şu’basiga 2024 yilda berilgan litsenziya bekor qilinganini bildirgandi.
Qozoğiston banki Özbekistondagi faoliyatini yakunlanayotganini “biznesni Qozoğistonda rivojlantiriş uçun resurslarni konsentratsiya qiliş böyiça avvalroq qabul qilingan strategik qarorning mantiqiy yakuni” deya izohladi.
“Boşqaruv va direktorlar kengaşi Özbekistondagi bankka investitsiyalarni töxtatişni regulyator tomonidan rasmiy ogohlantiriş berilişidan ança oldinroq ma’qullangan edi.
Asosiy e’tiborni Qozoğiston bozoriga qaratiş bankka yangi loyihalarni amalga oşiriş hamda mijozlar va hamkorlar uçun eng salohiyatli segmentlardagi pozitsiyalarni mustahkamlaş imkonini beradi”, – deyiladi 28 avgust kuni e’lon qilingan press-relizda.
27 avgust kuni Özbekiston Markaziy banki boşqaruvi “Yevrosiyo banki” AJning litsenziyasini bekor qiliş, bankni majburiy tugatiş va tugatiş komissiyasini tayinlaş töğrisida qaror qabul qildi.
Regulyatorning ma’lum qilişiça, bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunçilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlaştirilmagan hamda banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonunçilikda belgilangan boşqa talablar bajarilmagan.
Yevrosiyo banki – Qozoğistondagi şu nomli bankning Özbekistondagi şu’basi bölib, 2024 yil yanvar oyida litsenziya olgandi. 2025 yil 1 avgust holatiga, bankning depozit va kredit portfeli nolga teng, kapitali esa 104 mlrd sömni taşkil etadi, bu – talab etiladigan minimal miqdordan 5 barobarga kam.
Kredit taşkiloti 2025 yilning birinçi yarmini 51,6 mlrd söm zarar bilan yakunlagan.
Qozoğistondagi Yevrosiyo bankiga 1994 yilda asos solingan, boş ofisi Olmaota şahrida joylaşgan. Forbes ma’lumotiga













