Tadbirda Asaka tuman hokimi N.Möminov, Andijon viloyati hokimining vakili I.Umirzaqov, şuningdek, ADM Electrics kompaniyalar guruhi boş direktori maslahatçisi Ş.F.Yusupov iştirok etdi. Taşrif çoğida ular işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişib, korxona tomonidan olib borilayotgan mahalliylaştiriş taşabbuslariga ijobiy baho berdi.

ADM Electrics uçun uşbu yangi bino bu – oddiygina quriliş emas, balki korxonaning texnologik salohiyati, işlab çiqariş hajmi va sanoatdagi örnini mustahkamlovçi strategik qadamlardan biridir. Korxona ADM Jizzakh avtomobil zavodida işlab çiqarilayotgan Kia Sonet avtomobiliga butlovçi qismlar işlab çiqarmoqda. Şu bilan birga, kompaniya hozirda avtomobil sanoatida köplab loyihalarni mahalliylaştiriş ustida faol işlamoqda.

Yangi işlab çiqariş binosining oçilişi bu jarayonlarni jadallaştiriş, mahsulot sifatini yanada oşiriş va mahalliy avtomobil işlab çiqaruvçilariga yaqinroq xizmat körsatiş imkonini beradi. Bu esa nafaqat eksport-import muvozanatini ijobiy tomonga özgartiradi, balki yurtimiz sanoat mustaqilligiga ham sezilarli hissa qöşadi.

Yangi işlab çiqariş quvvati hududdagi işsizlikni kamaytiriş va yoşlar bandligini ta’minlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir doirasida yoşlar, işsizlar va tadbirkorlar bilan davra suhbati ötkazilib, mahalliy sanoatni rivojlantiriş, kadrlar tayyorlaş va işlab çiqarişdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Reklama huquqi asosida










