Mustaqillik bayrami arafasida Şahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, ulamolar, nuroniylar hamda ziyolilar yiğildi. Vatan ozodligi yölida kuraşgan ajdodlar haqiga Qurʼon tilovat qilinib, duo öqildi.

Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilindi. Şu yerda Şavkat Mirziyoyev ulamolar va ziyolilar bilan tarixiy xotirani asraş, qatağon qurbonlari nomini tiklaş va yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalarini muhokama qildi.

Prezident Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida istiqlol va ozodlik yölida halok bölgan ajdodlarni xotirlaş alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

«Öttiz beş yildan buyon heç kimga qaram bölmasdan, mana şunday tinç va tiniq osmon ostida erkin va farovon yaşayapmiz. Bu - katta baxt, bebaho boylik. Şunday uluğ kunlarda istiqlol va ozodlik yölida halok bölgan qahramon ajdodlarimizni eslaş, ularning xotirasiga hurmat bajo keltiriş - muqaddas burçimiz», - dedi u.

Davlat rahbari keyingi yillarda qatağon qurbonlari xotirasini abadiylaştiriş va tarixiy adolatni tiklaş böyiça amalga oşirilayotgan işlarga ham töxtaldi.

Şahidlar xotirasi xiyobonidagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rekonstruksiya qilinib, uning ekspozitsiyasi boyitildi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlardagi qatağon qurbonlari muzeylari fondlari ham yangi hujjat va fotosuratlar bilan töldirilmoqda.

Maʼlum qilinişiça, 2021–2025-yillarda Oliy sud tomonidan qatağon qurboni bölgan 1 ming 200 dan ziyod yurtdoş oqlangan. 2026-yilda esa sobiq tuzum davrida nohaq ayblanib, qamalgan yoki ölimga hukm qilingan yana 161 nafar vatandoşning nomi oqlangan.

Muloqotda 1980-yillardagi «paxta işi» va «özbek işi» bilan boğliq qatağonlar ham tilga olindi. Keltirilgan maʼlumotlarga köra, 1983–1990-yillarda 40 ming nafar özbekistonlik tergov qilingan, ularning 5 ming nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Şavkat Mirziyoyev dunyoda qurolli mojarolar va siyosiy qarama-qarşiliklar kuçayib borayotganiga eʼtibor qaratib, bu şaroitda mamlakatdagi tinçlikni qadrlaş, jipslik va hamjihatlikni mustahkamlaş muhimligini taʼkidladi.

«Bizning yölimiz - tinçlik, döstlik va hamkorlik yöli. Özbekiston uşbu yöldan heç qaçon ortga qaytmaydi», - dedi prezident.