Suhbat avvalida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, o‘zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida aytib o‘tildi.

Muzokaralarda O‘zbekistondan quritilgan meva-sabzavotlarni Kuvayt va Iroq bozorlariga eksportini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar eksport qilinadigan tovarlarning qadoqlash tizimi bo‘yicha fikrlar almashdi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Kuvaytga olib kelish uchun transport-logistika tizimi, O‘zbekiston mahsulotlarini namoyish etish uchun shou-rumlar tashkil etish va savdo uylarini ochish takliflari ko‘rib chiqildi.