2026-yil yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,7 mlrd dollarga yoki 8,1 foizga koʻp.

Bunda eksport hajmi 19,9 mlrd dollar (-3,6 foiz), import hajmi esa 29,6 mlrd dollar (+17,8 foiz) boʻldi. Tashqi savdo salbiy saldosi 9,7 mlrd dollargacha oshgan. Oʻz navbatida oltinsiz eksport oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 27,7 foizga oshib, 9,8 mlrd dollarni tashkil etgan.

Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (22,7 foiz), Rossiya (16,4 foiz), Qozogʻiston (6,6 foiz), Turkiya (3,3 foiz) va Afgʻoniston (2,5 foiz) bilan qayd etilgan.

2026-yilning dastlabki 7 oyida 2025-yilning mos davriga nisbatan qiymat jihatdan eng katta savdo oʻsishi Xitoy (+2,83 mlrd dollar), Rossiya (+859,2 mln dollar), Hongkong (691,6 mln dollar) va Qozogʻiston (+631,2 mln dollar) hissasiga toʻgʻri keladi.

Eng tez oʻsgan yoʻnalishlar - Hongkong (9,1 barobar), Vetnam (+77,2 foiz), Qirgʻiziston (+53,8 foiz) va Afgʻoniston (+45,8 foiz). Hongkong bilan savdo hajmining keskin oshib ketgani Xitoy maxsus hududi bilan oltin sohasidagi hamkorlikning faollashgani bilan izohlanishi mumkin.

Umuman olganda, top yigirmatalikdagi yirik hamkor davlatlardan faqatgina Hindiston (-6,6 foiz) va Germaniya (-2,6 foiz) bilan savdo hajmida pasayish kuzatilgan.

Eksport

Hisobot davrida 2,8 mlrd dollarlik (- 63,1 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 14,1 foizini tashkil etadi. Yil boshidan beri faqat aprel va iyul oyidagina qimmatbaho metall sotuvi amalga oshirilgan.

Shuningdek, eksport tarkibida xizmatlar (36,8 foiz), sanoat tovarlari (14,4 foiz), turli xil tayyor buyumlar (8,4 foiz), kimyoviy vositalar (7,8 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,7 foiz) hamda mineral yoqilgʻilar (4,7 foiz) ham sezilarli ulushga ega boʻlgan.

Hisobot davrida