Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 49,5 mlrd AQŞ dollariga yetdi.
Bu 2025-yilning mos davridagi körsatkiçga nisbatan 3,7 mlrd dollar yoki 8,1 foizga köp.
Hisobot davrida Özbekiston eksporti 19,9 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning yanvar–iyul oylariga nisbatan 3,6 foizga kam.
Import hajmi esa 17,8 foizga ösib, 29,6 mlrd dollarga yetdi. Şu tariqa, yetti oylik taşqi savdo balansida import eksportdan 9,7 mlrd dollarga köp böldi.
Ayni paytda, oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksportida sezilarli ösiş qayd etilgan. Uning hajmi 9,8 mlrd dollarni taşkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 27,7 foizga oşgan.
2026-yilning yetti oyida Özbekiston dunyoning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oşirgan.
Taşqi savdo aylanmasida eng katta uluş Xitoy hissasiga töğri keldi - 22,7 foiz. Keyingi örinlarni Rossiya - 16,4 foiz, Qozoğiston - 6,6 foiz, Turkiya - 3,3 foiz va Afğoniston - 2,5 foiz bilan egalladi.












