Taşrif davomida viloyat gubernatori va meri, savdo va sanoat palatalari raislari hamda özbek diasporasi faollari uçraşuvlar ötkazildi.
Gaziantep viloyati gubernatori vazifasini bajaruvçisi Sedat Sezik va mer Fatma Şaxin bilan keçgan muloqot çoğida Özbekiston va Turkiya hududlari örtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy-ma’rifiy aloqalarning jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Gaziantep mutaxassislarining Özbekistonda gilamçilik sohasini rivojlantirişda qöşgan hissasi alohida qayd etildi.
Tomonlar Gaziantep va Samarqand örtasida örnatilgan qardoşlik aloqalari doirasida turli tadbirlarni ötkaziş böyiça fikr almaşdi.
Gaziantep meri Fatma Şaxinning ta’kidlaşiça, bu yil may oyida Özbekistonga bölgan taşrif unda çuqur taassurot qoldirgan. "Nima uçun avvalroq kelmadim, deya özimni koyidim. "Ota yurt"da xuddi özimni uyimdagidek his qildim, orom oldim. Işoning, qaytganimdan beri har bir uçraşuvimda Özbekistonning tarğibotçisiga aylandim. Bundan buyon şahrimizda bölib ötadigan tadbirlarda qardoş şahrimiz Samarqand asosiy hamkorlarimizdan biri böladi. Sentyabr oyida taşkil etiladigan Gaziantep gastronomiya festivaliga özbek oşpazlarini taklif etib, "Özbek palov" musobaqasini taşkil etamiz. Yakuniy imtihonlarda birinçilikni qölga kiritgan yoşlarimizni Samarqand va Buxoro şaharlariga ziyoratga yuborişga qaror qildik. Özbekiston hududlari bilan barça sohalarni aloqalarni rivojlantiriş tarafdorimiz",– dedi u.
Taşrif doirasida, Gaziantepdagi Savdo hamda Sanoat palatalari, şuningdek, şahardagi Birja rahbarlari iştirokida qöşma biznes-forum taşkil etildi. Yuzdan ortiq mahalliy tadbirkorlar qatnaşgan forumda Özbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida sözlab berildi, turk işbilarmonlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. Oziq-ovqat, meva-sabzavotni qayta işlaş va qadoqlaş, töqimaçilik, soğliqni saqlaş, elektron tijorat kabi sohalardagi tadbirkorlar Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni örnatişga qiziqiş bildirdi.












