1 sentabrga ötar keçasi Afğoniston şarqida röy bergan zilzila 800 dan ortiq kişining hayotdan köz yumişiga olib keldi. Yana 2800 nafardan ortiq inson jarohatlangan. Bu haqda “Tolibon” hukumati rasmiysi Zabihullo Mujohid ma’lum qildi.
Vayronalar ostidan omon qolganlar qidirilmoqda.
“Mahalliy rasmiylar va aholi jabrlanganlarni qutqariş uçun hamma çoralarni köryapti. Poytaxtdan va atrof viloyatlardan yordam guruhlari allaqaçon yölda. Insonlarni qutqarib oliş uçun barça resurslar yönaltiriladi”, – deya yozdi Mujohid X tarmoğidagi postida.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kunar va Nangarhor viloyatlarida sodir bölgan zilzila oqibatida köplab odamlar hayotdan köz yumgani va jarohat olgani munosabati bilan birodar Afğoniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.
AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila mahalliy vaqt bilan 31 avgust soat 23:47 da sodir bölgan, episentri Nangarhor viloyatining Jalolobod şahridan 27 kilometr şimoli-şarqda joylaşgan. U atigi 8 kilometr çuqurlikda bölgan, çuqur bölmagan zilzilalar esa odatda katta halokatlarga olib keladi.
Taxminan 20 daqiqadan söng öşa viloyatda 4,5 magnitudali afterşok qayd etilgan. Yer silkinişlari toğli Kunar viloyatida ham sodir bölgan. Ofat ta’sir qilgan hududlarda köplab loyli va toşli uylar vayron bölgan.
Ma’lumot uçun, Afğonistonda 2023 yil 7 oktyabrda 6,3 magnitudali zilzila röy bergan, öşanda “Tolibon” hukumatining hisob-kitoblariga köra kamida 4 ming kişi halok bölgan. BMT esa qurbonlar sonini 1500 kişidan kamroq deb baholagan.













