Qaşqadaryo viloyati, Koson tumanida yaşovçi, muqaddam firibgarlik uçun sudlangan 37 yoşli şaxs yana jinoyatga qöl urdi, deb xabar berdi DXX.

U özini DXX xodimi sifatida taniştirib, davlat xavfsizlik organlariga işga kiritib qöyişni va’da qilib, 2024 yilning sentabr oyidan 2025 yilning iyun oyiga qadar turli bahonalar bilan fuqaroni aldab, jami 30 ming AQŞ dollari va 510 mln söm pul mablağini olgan. Bundan taşqari, uşbu fuqaroning qarindoşini Qurolli Kuçlar akademiyasiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 10 ming AQŞ dollari talab qilib, hozirga qadar 4 ming AQŞ dollari olgan.

DXX xodimlari tomonidan Qarşi şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan 10 ming dollar hisobidan yana 2 ming dollarni olgan vaqtida uşlangan. Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Şuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida istiqomat qiluvçi, 64 yoşli şaxs özganing işonçiga kirib, uni DXX idoralariga işga kiritib qöyiş va’dasi evaziga 7 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangan.

Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.