Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda hisbga olingani rad etilgan vazirning eski suratlari e’lon qilindi – OAV
Bir kun avval Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu hibsga olingani haqida xabar berilgan, ammo rasmiy idoralar buni rad qilgan edi. Bugun Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Nurtleuning ishchi uchrashuvi haqida xabar berdi. Biroq, ilova qilingan fotosuratlar eski ekani ta’kidlanmoqda.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu «Harvest Group» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Almaz Alsenov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi va uchrashuvdan fotosuratlarni keltirdi.
Biroq, bir kun avval Nurtleu hibsga olingani haqida xabar bergan Orda nashri vazirlik iyul oyida xuddi shunday uchrashuv haqida xabar berganini va shunga o‘xshash fotosuratlarni ilova qilganini payqadi.

4 sentabr kuni Orda nashri Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, biznesmen Gadji Gadjiyev va Milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir nechta yuqori lavozimli xodimlari hibsga olingani haqida xabar bergan edi.
Biroq, Qozog‘iston prezidenti huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi ushbu xabarni rad qildi. «Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu va biznesmen Gaji Gadjiyevning go‘yoki hibsga olingani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi markaz xabarida.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
00:26 / 08.06.2026