Italiyalik maşhur modeler va tadbirkor Jorjo Armani vafot etdi, deb xabar berdi La Repubblica gazetasi Armani kompaniyasi bayonotiga tayanib. U 91 yoşda edi.
«Armani Group öz asosçisi va tolmas harakatlantiruvçi kuçi Jorjo Armani vafot etganini çuqur qayğu bilan e’lon qiladi», deyiladi kompaniya bayonotida.
Armani Group’da ta’kidlanişiça, modeler yaqinlari qurşovida vafot etgan. Uning ölimi sabablari keltirilmagan. Iyun oyida u soğliği yomonlaşgani sababli faoliyatida birinçi marta Milandagi erkaklar moda haftaligida iştirok etolmagan edi.
Modeler bilan xayrlaşuv 6-7 sentabr kunlari Milanda bölib ötadi, şundan söng xususiy dafn marosimi ötkaziladi. Dafn sanasi ma’lum qilinmagan.
Moda qiroli deb atalgan Jorjo Armani öz faoliyatini 1960-yillarda italiyalik modeler Nino Çeruttiga yordamçi sifatida boşlagan. 1974 yilda Armani birinçi marta öz nomi bilan töplamni taqdim etdi. Keyingi yilning özidayoq u dösti, arxitektor Serjio Galeotti bilan birgalikda butun dunyoga maşhur bölgan Armani modalar uyiga asos soldi. Hozirgaça Armani yirik holdinglar tarkibiga kirmagan kamsonli moda uylaridan biri bölib qolmoqda.
«U tinim bilmay, sönggi kunlargaça işladi, özini kompaniyaga, uning kolleksiyalariga va turli xil va doimiy özgaruvçan loyihalarga bağişladi», deyiladi kompaniya bayonotida.
Jorjo Armani özi asos solgan Armani Group kompaniyasining yagona aksiyadori edi.











