Hujjat bilan “Özbekiston Respublikasida kommunal, maişiy va savdo sohasida xizmat körsatgan xodim” faxriy unvoni negizida “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan kommunal xöjaligi xodimi” faxriy unvoni ta’sis etilmoqda.

Ta’kidlanişiça, uşbu qonun loyihasining asosiy maqsadi — kommunal xöjaligi xodimlarining köp yillik halol va samarali mehnatini e’tirof etiş, ularning jamiyatdagi nufuzi va ijtimoiy maqomini oşiriş, moddiy va ma’naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş hamda sohada yuqori kasbiy madaniyat, mas’uliyat va fidoyilikni rağbatlantirişdan iborat.

Qayd etilişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi sohadagi xodimlarning kasbiy faoliyatini munosib qöllab-quvvatlaş, yoş va malakali kadrlarni sohaga jalb etiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda kommunal xöjaligi tizimida xizmatlar sifati va samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.