Toşkentda CAFA Nations Cup-2025 turniri guruh bosqiçi yakunlandi.

Özbekiston milliy jamoasi guruhdagi sönggi öyinni Qirğizistonga qarşi ötkazib, raqib darvozasiga javobsiz törtta töp kiritdi. Gollarga Akmal Mozgovoy, Otabek Şukurov (penaltidan), Igor Sergeyev va Azizbek Turğunboyev mualliflik qildi.

Qirğiziston milliy jamoasi 1 taymdan köproq vaqt davomida kamçilik bölib öynadi. 44-daqiqada Valeriy Kiçin qöpollik uçun maydondan çetlatilgan edi.

Bu natijadan söng, Özbekiston milliy jamoasi oçkolari sonini 7 taga yetkazib, guruhda birinçi örinni egalladi. Ömon milliy jamoasida ham şunça oçko bor, ammo töplar nisbati yomonroq. Uçinçi örinni Turkmaniston, törtinçi örinni Qirğiziston egalladi.

Musobaqaning B guruhi öyinlari Tojikistonda ötkazildi. Guruhda Eron 9 oçko bilan birinçi böldi. Hindiston ikkinçi, Tojikiston uçinçi, Afğoniston sönggi örinni egalladi.

Endi CAFA Nations Cup-2025 turniri finalida Özbekiston va Eron töqnaş keladi. Öyin 8 sentabrda Toşkentda ötkaziladi.

Uçinçi örin uçun bahs ham şu kuni Tojikistonning Hisor şahrida, Hindiston va Ömon örtasida ötkaziladi.