2025 yil 7 sentabrdan 8 sentabrga ötar keçasi «Qonli Oy» deb nomlangan Oy tutilişi sodir böladi, deb yozdi TimeOut.
Naşrning ta’kidlaşiça, Oyning töliq tutilişi juda kam uçraydigan hodisa, garçi u Quyoş tutilişiga qaraganda tez-tez sodir bölsa-da. Agar bu hodisani 7 sentabr kuni ötkazib yuborsangiz, unda keyingisini 2028 yilgaça kutiş kerak böladi.
Qayd etilişiça, 7 sentabrda töliq Oy tutilişini sayyoraning aksariyat qismidan, jumladan, Özbekistonda ham köriş mumkin böladi. Hisob-kitoblarga köra, qariyb 6 milliard kişi uşbu astronomik hodisani tomoşa qilişi mumkin.

Oy tutilişi Toşkent vaqti bilan soat 20:28 da boşlanadi. Oy Yer soyasiga kiradi va tutiliş jarayoni 8 sentabr soat 1:55 gaça davom etadi. Deyarli bir yarim soat davomida osmonda «Qonli Oy» körinadi – bu oy nuri atmosferada sinib, qizil va hayratlanarli yoruğlikda namoyon bölişi bilan boğliq.
Oy tutilişini yaxşiroq tomoşa qiliş uçun şaharlardan uzoqda, yoruğlik kamroq bölgan joyni tanlaş lozim. Iloji bölsa, balandroq kötariliş va qoronğilikka könikiş uçun közlarga 20 daqiqa dam beriş, telefon, monitor va televizorlardan uzoqlaşiş kerak. Köçaga çiqişdan oldin ob-havo ma’lumotini tekşiriş zarur, çunki juda bulutli bölsa, heç narsa körinmaydi.
Oy tutilişini tomoşa qiliş közga zarar bermaydi, şu tufayli, maxsus közoynak sotib oliş haqida qayğuriş şart emas.












