Özbekiston Senati taşuvlar sohasida javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan qonunni ma’qulladi.

Unga köra, xalqaro va şaharlararo avtomobil taşuvlarini amalga oşirişda haydovçilarning mehnat va dam oliş rejimini buziş – bazaviy hisoblaş miqdorining 7 baravari (hozirda 2 mln 884 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilanmoqda.

Bundan taşqari, temiryöl transportida va metropolitenda harakat va taşiş xavfsizligi talablarini hamda yölovçilarni, bagajni va yuk bagajini taşiş qoidalarini buzganlik uçun ham ma’muriy jarima belgilanyapti.

Qayd etilişiça, 2023 yil davomida metropolitenda 172 mln, yölovçi poyezdlarda 9,3 mln yölovçi taşilgan bölsa, 2024 yilda metropolitenda 270 mln, yölovçi poyezdlarda 10 mln 70 ming, şuningdek, avtomobil transportida 8 milliarddan ortiq yölovçi taşilgan. Bundan taşqari, 2024 yil davomida temir yöl transportida 102,7 mln tonna yuk taşilgan bölsa, avtomobil transportida 2 mlrd tonnadan ortiq yuk taşilgan.

Bu holat yölovçi va yuklarni manziliga öz vaqtida xavfsiz yetkaziş, ularga xizmatlar körsatiş jarayonining uzluksizligi, sifatliligi, barqarorligi va işonçliligini ta’minlaşni taqozo etmoqda.

Amaldagi qonunçilikda temiryöl taşişlari xavfsizligini ta’minlaş böyiça kamçiliklar va huquqbuzarliklar aniqlanganida Transport nazorati inspeksiyasi yuridik şaxsga nisbatan faqat körsatma beriş huquqiga ega.

Jumladan, temiryöl transporti hamda metropolitenda 2024 yilda harakat va taşişlar xavfsizligi talablarining qöpol buzilişi bilan boğliq 130 ta hodisa sodir etilgan. Natijada harakatdagi tarkib va temir yöl infratuzilmasiga qariyb 4 mlrd söm moddiy zarar yetkazilgan. Xuddi şuningdek, avtomobil yöllarining tartibga solinmagan temiryöl kesişmalarida poyezdlar va avtotransport vositalari iştirokida 2024 yilda 38 ta yöl transport hodisasi sodir bölgan va buning oqibatida 11 kişi halok bölgan.

Şu sababli, taşişlar xavfsizligini ta’minlaş böyiça qoida va talablarni buzganlik uçun mansabdor şaxslarga va xizmatçilarga bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari (hozirda 4 mln 120 ming söm) miqdorida jarima belgilanmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.