Çilonzor tumanidagi turar joy majmuasi quriliş maydonida minorali kran qulab tuşdi. Holat 8 sentabr kuni sodir bölgan.
FVV va Toşkent şahar prokuraturasining Kun.uz'ga tasdiqlaşiça, hodisa oqibatida 1 kişi halok bölgan. Şuningdek, tan jarohati olganlar ham bor.
Ma’lum bölişiça, kran qulagan hududda “Omega-agro stroy” MÇJ tomonidan quriliş işlari olib borilayotgan bölgan. Ammo kran yordamçi pudratçi sifatida işlagan boşqa firmaga tegişli bölgan.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasiga köra, montaj işlari olib borilayotganda kranning tayanç oyoqlarini asosga örnatib uşlab turuvçi qismi mustahkam qotirilmagan. Şu sababli kranning keyingi qismini qöyiş uçun harakatlaniş davrida kran bir tomonga oğib ketgan va uning asosga qotirilmagan 2 ta oyoği kötarilib ketişi oqibatida yerga qulagan.
Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi. Unga köra, holat 8 sentabr kuni soat taxminan 18:00 larda Çilonzor tumanining Tirsakabod köçasida olib borilayotgan quriliş hududida sodir bölgan. Minorali quriliş krani örnatiş jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinişi ta’minlanmagani sababli qulab tuşgan. Buning oqibatida kranni örnatiş işlarini olib borayotgan 25 yoşli yollanma işçi L.A. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, yollanma işçilar – 2004 yilda tuğilgan I.Q. hamda 2000 yilda tuğilgan M.A. turli jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a, b” bandlarida mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş odam ölişiga, boşqa oğir oqibatlar kelib çiqişiga sabab bölişi nazarda tutilgan bölib, bunday qilmiş muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.











