CAFA Nations Cup-2025. Final
8 sentabr. Toşkent
Özbekiston – Eron 1:0
Gol: Alijonov 119.
Özbekiston: Ötkir Yusupov (Vladimir Nazarov 54), Hojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliyev, Otabek Şukurov (Akmal Mozgovoy 80), Odil Hamrobekov (Jamşid Iskanderov 80), Eldor Şomurodov, Aziz Turğunboyev (Igor Sergeyev 46), Abbos Fayzullayev, Husniddin Aliqulov, Dilşod Komilov (Alibek Davronov 101), Ruslan Jiyanov (Oston Örunov 46).

Toşkentda CAFA Nations Cup-2025 turniri yakunlandi. 8 sentabr kuni finalda Özbekiston va Eron milliy jamoalari töqnaş keldi.

Öyin Eron milliy jamoasi uçun muvvafaqiyatsiz boşlandi. 5-daqiqadayoq himoyaçi Oriyo Yusufiy raqibi Abbos Fayzullayevga qarşi qöpol öynagani tufayli qizil kartaga loyiq körilib, maydondan çetlatildi.

Biroq, deyarli butun öyin davomida bir futbolçi köp bölib öynagan mezbonlar bu imkoniyatdan foydalanişda muammolarga duç keldi. Eron tartibli himoyalanib, xavfli qarşi hujumlarni uyuştirib turdi. Özbekiston milliy jamoasi hujumlari ham ba’zida xavfli böldi, ammo yakuniy zarbalarga aniqlik yetmadi.

Asosiy vaqt golsiz yakunlangaç, qöşimça taymlar belgilandi. Uning 15-daqiqasida Eldor Şomurodov penaltini aniq amalga oşirolmadi. Uning kuçli zarbasi darvoza tösini ustidan ötib ketdi.

Öyin penaltilar seriyasiga yaqinlaşayotgan bir paytda Özbekiston ğalaba golini urişga erişdi. 120-daqiqada qanotdan jarima maydoniga yetkazilgan töpni Hojiakbar Alijonov boşi bilan raqib darvozasiga yölladi.

Eron sönggi soniyalarda hisobni tenglaştirişi mumkin edi. Ammo Mahdiy Torimiy qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

Şu tariqa, Özbekiston ikkinçi CAFA Nations Cup-2025 turniri ğolibi böldi. Birinçi turnir 2023 yilda ötkazilgan va Özbekiston finalda aynan Eronga 0:1 hisobida yutqazgan edi.

Uçinçi örin uçun bahs Tojikistonning Hisor şahrida Hindiston va Ömon örtasida ötkazildi. Öyinning asosiy va qöşimça vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyada Hindiston ğolib çiqdi – 3:2.

Ta’kidlaş joiz, Özbekiston uçun Eron «tiş ötmas» raqiblardan biri hisoblanadi. Bungaça milliy jamoalar 16 marta bir-biriga töqnaş kelgan va Eron 10 marta ğalaba qozonib, 5 öyin durang bilan yakunlangan. Özbekistonning yagona ğalabasi 2012 yilda, Tehronda 1:0 hisobida qölga kiritilgan edi.