Taqdimot davomida ilgari fuqarolar va taşkilotlar foydalanişida bölib, tuman hokimliklari tasarrufiga qaytarilgan böş yerlarning hisobini alohida yuritiş zarurligi ta’kidlandi. Bunday yerlarni qisqa muddatda auksionga çiqariş böyiça inson omilisiz işlaydigan tizim yaratiş topşirildi.
Qişloq xöjaligida yerga ijara huquqini bozor aktiviga aylantiriş böyiça işlar boşlandi, yerga nisbatan qayta ijara, ikkilamçi ijara institutlari kiritildi.
Endi ijaraga berilgan yerlarni qisman qayta ijaraga berişga, ya’ni bir qismini özida olib qolib, qolgan qismini boşqa ijaraçiga ötkazişga ham ruxsat beriladi. Ilgari bu uçun yerni davlatga qaytariş va yangidan auksionga çiqariş lozim edi.
2021 yildan boşlab, qişloq xöjaligi yerlari faqat ijara huquqi bilan ajratilmoqda. Yiğilişda 2027 yil 1 yanvargaça qişloq xöjaligida foydalanilayotgan barça yerlarni ijara huquqiga ötkaziş lozimligi ta’kidlandi.

Qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarga xizmat körsatuvçi obektlar – yengil konstruksiyali muzlatkiçli omborxonalar, saralaş, qadoqlaş joylari, suv tejovçi texnologiyalar, dala şiyponi, texnika parki qurişga ruxsat beriladi. Buning uçun avval yer tuziş loyihasi işlab çiqilib, tasdiqlanadi. Uşbu loyiha qurilişga ruxsat beriş paytida yerga bölgan huquqni tasdiqlovçi hujjat sifatida qabul qilinadi.
Davlat rahbari qişloq xöjaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantiriş, ijaraçilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş, sohaga bozor munosabatlarini yanada keng joriy etiş böyiça körsatmalar berdi.
Taqdimot yakunida mazkur çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça farmon imzolandi, qonunosti hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritilişi belgilandi.











