Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari Şavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinçlik mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda hakamlar hay’ati raisi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti, Bolşoy va Mariinskiy teatrlari badiiy rahbari Valeriy Gergiyev ma’lum qildi.

Gergiyevning sözlariga köra, hakamlar hay’ati bir ovozdan uşbu nomzodlarga ovoz bergan.

Taşkiliy qömitaning ta’kidlaşiça, uç mamlakat yetakçilari Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga qöşgan ulkan şaxsiy hissalari uçun uşbu mukofotga loyiq deb topildi.

Tolstoy mukofoti Rossiya Tarix jamiyati va Rossiya Tinçlik fondi tomonidan ta’sis etilgan bölib, u tinçlikni mustahkamlaşga qöşgan ulkan xizmatlari uçun beriladi.

Uşbu mukofot hay’ati Argentina, Belarus, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Fransiya, JAR va Yaponiya mamlakatlarining siyosiy va jamoat arboblaridan taşkil topgan.