Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi.
Özbekiston bilan Finlandiya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda yanada kengaytiriş masalalari Finlandiya prezidentining mamlakatimizga bölajak taşrifiga tayyorgarlik nuqtai nazaridan atrofliça körib çiqildi.
Konstruktiv siyosiy muloqotlar va parlamentlararo almaşinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024 yilda tovar ayirboşlaş 24 foizga oşdi. 2022 yildan mamlakatimizda Finlandiyaning Nordic universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab ta’limini rivojlantiriş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.
Qişloq xöjaligi, kimyo, energetika, konçilik, telekommunikatsiya va boşqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yölga qöyiş, jumladan, ta’lim tizimiga ilğor texnologiyalarni joriy etiş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniq loyihalarni tayyorlaş uçun Hukumatlararo komissiya yiğilişi va ikki mamlakat yetakçi kompaniyalari iştirokida biznes forumini ötkaziş taklif qilindi.
Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi. Nizolarni xalqaro huquq normalari asosida tinç yöl bilan hal etiş muhimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uçun, Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Stubb 2024 yil noyabrida, Boku şahridagi COP29 sammiti doirasida uçraşuv ötkazgan edi.












