Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qumariq ko‘chasining bir qismi sentabr oxirigacha yopildi
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasining bir qismi 10−30 sentabr kunlari avtomobillar harakati uchun yopiladi.
Foto: Veolia Energy Tashkent
Shu kunlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ko‘chadagi diametri 325 mm bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtiriladi.
Ishlar pudrat tashkiloti tomonidan yo‘l qismi yopilgan holda amalga oshiriladi. Jarayon davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, Aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari va yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta’minlanadi.
Shu munosabat bilan qator avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartirildi. Xususan:
- 61-yo‘nalish — A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
- 106-yo‘nalish — Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
- 40-yo‘nalish — Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
- 66-yo‘nalish — Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali «RET» zavodi bekatigacha;
- 52-yo‘nalish — Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida harakatlanadi.
Mavzuga oid
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
09:29 / 24.12.2025
Toshkentda 25 dekabrdan ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
12:12 / 21.12.2025
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
11:26 / 20.12.2025