Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yanvar–iyul oylarida mamlakatda turli rusumdagi 263 731 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,6 ming donaga oshgan.

Yetti oy davomida eng koʻp Cobalt ishlab chiqarilgan - 91 140 dona. Ikkinchi oʻrinda Damas boʻlib, ushbu rusumdagi avtomobillar soni 47 521 donani tashkil etgan.

Shuningdek, 25 779 dona Tracker va 20 445 dona Onix ishlab chiqarilgan.

Xorijiy brendlar orasida BYD avtomobillari ishlab chiqarish hajmi 17 765 donani, KIA - 17 125 donani tashkil etgan. Bundan tashqari, 5 778 dona Haval va 4 801 dona Chery ishlab chiqarilgan.

Yanvar–iyul oylarida Chevrolet Damas Move ishlab chiqarish hajmi 932 donani, maxsus yengil avtomobillar esa 32 445 donani tashkil qilgan.

Avvalgi statistikada ham Cobalt ishlab chiqarish boʻyicha yetakchilik qilgan. Xususan, 2026-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda 82 951 dona Cobalt ishlab chiqarilgan edi.