Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik kengaşi Isroilning Qatar poytaxti Dohaga bergan zarbasini qoraladi, u Falastinning HAMAS guruhi yuqori martabali vakillarini nişonga olgandi. Bu haqda 11 sentabr, payşanba kuni kengaş saytida ma’lum qilindi.
«Xavfsizlik kengaşi a’zolari asosiy vositaçi hududi hisoblangan Dohaga yaqinda berilgan zarbalarni qoraladi. Ular tinç aholi halok bölganidan çuqur afsusda ekanini bildirdi», — deyiladi Xavfsizlik kengaşida. Kengaş, şuningdek, «deeskalatsiyaning muhimligini» ta’kidladi va «Qatar bilan birdamlik»ni bildirdi.
«Kengaş a’zolari garovga olinganlarni, jumladan, HAMAS jangçilari tomonidan öldirilganlarni topşiriş, Ğazo sektoridagi uruş va azob-uqubatlarga çek qöyiş bizning ustuvor vazifamiz bölib qolişi kerakligini ta’kidladi», deyiladi yiğiliş yakunlari böyiça matbuot bayonotida. Unda tinçlikka erişiş uçun Qatar, Misr va Qöşma Ştatlar vositaçiligidagi diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirişga çaqirilgan.












