Taqdimotda xalqaro tajribadan kelib çiqib hamda Jahon banki, YuNFPA va FAO taşkilotlari iştirokida işlab çiqilgan aholi va qişloq xöjaligini bir vaqtda röyxatdan ötkaziş taklifi körib çiqildi.
Unga köra, Özbekistonda röyxatdan ötkaziş tadbirlari 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar ötkaziladi. Uning dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bir oy mobaynida esa “mahalla yettiligi” iştirokida uyma-uy yurib amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Mazkur usul orqali xarajatlar sezilarli qisqarib, 1,3 trillion söm mablağ tejaladi. Şuningdek, röyxatga oliş jarayonlari oddiy va şaffof tarzda taşkil etiladi. Savollarning soni avval rejalaştirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirildi.
Röyxatga oliş natijasida Yevropa statistiklar konferensiyasining 2020 yildagi tavsiyalari asosida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari töğrisida yagona ma’lumotlar bazasi şakllantiriladi.

Mamlakatimizdagi qişloq xöjaligi yerlaridan foydalaniş holati, çorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi. Bu orqali qişloq xöjaligiga yönaltirilayotgan yillik 25,6 trillion söm, jumladan, 2,2 trillion söm budjet mablağlarining samaradorligi, sohadagi xizmatlar hajmi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş uçun zarur ma’lumotlar töplami yaratiladi.
Röyxatga oliş jarayonlarini samarali amalga oşiriş uçun “mahalla yettiligi” maxsus öquv dasturi asosida tayyorlanadi va rağbatlantiriladi. Buning uçun Jahon banki kömagida amalga oşirilayotgan statistika tizimini mustahkamlaş loyihasining mablağlari yönaltiriladi.
Şuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarğibot işlari yölga qöyiladi. Maxsus körsatuv va videoroliklar namoyiş etilib, fuqarolarning xabardorligi oşiriladi.
Umuman, mazkur tadbirlar aholi va qişloq xöjaligining real körsatkiçlarini aniq belgilaş, davlat dasturlarini maqsadli hamda samarali amalga oşiriş uçun muhim ahamiyatga ega böladi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirlarini tizimli va sifatli amalga oşiriş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berdi.










