Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni Qatar Davlati Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Özbekiston–Qatar strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari körib çiqildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari yaqinda Isroil tomonidan Qatar poytaxti Doha şahriga uyuştirilgan raketa zarbalarini keskin qoraladi. Qatar mustaqilligi va suverenitetini buzadigan, uning xavfsizligiga tahdid soladigan bunday nomaqbul xatti-harakatlar Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomi, xalqaro huquqning asosiy qoida va tamoyillariga zid ekani qayd etildi.
Özbekiston xalqaro munosabatlarda kuç işlatişning har qanday şakliga va Yaqin Şarqdagi vaziyatning yanada keskinlaşişiga olib keladigan qadamlarga qarşi ekani ta’kidlandi.
Özbekiston prezidenti Qatar taşabbusi bilan çaqirilayotgan navbatdan taşqari arab-islom sammitining muvaffaqiyatli ötişini tiladi. Qatar amiri, öz navbatida, körsatilgan birdamlik va qöllab-quvvatlov uçun çuqur minnatdorlik bildirdi.
Telefon muloqoti çoğida faol siyosiy aloqalarni davom ettiriş va ikki mamlakat yetakçi kompaniyalarining kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş böyiça özaro muvofiqlaşgan çoralar köriş masalalari ham muhokama qilindi.











