Jamiyat | 18:49 / 14.09.2025
1990
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaron tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Ular xorijda ishlab chiqarilgan inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalarini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelishgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi, DXX hamda Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar ushlandi.

Xabar qilinishicha, D.M. va R.X. xorijda ishlab chiqarilgan 1 400 dona “Zardeks” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositasini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin