2-sentabr kuni AQŞ poytaxti Vaşingtonda Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nişonlandi. Tadbirda AQŞ hukumatidan rasmiylar, diplomatik korpus vakillari hamda vatandoşlar qatnaşdi. Kun.uz bilan gaplaşgan elçi Furqat Sidiqovga köra, Vaşington Toşkentni Markaziy Osiyodagi asosiy şerik sifatida körmoqda va hozirgi aloqalar keyingi maʼmuriyatlar davrida ham saqlanib qoladi.

Bu yilgi mustaqillik bayrami nafaqat Özbekistonning özida, balki respublikaning hamkor davlatlari, özbeklar köp yaşaydigan nuqtalarda ham keng nişonlanmoqda. Masalan, AQŞning 10 dan ortiq ştatlarida turli tadbirlar ötkazildi. 2-sentabr kuni esa asosiy bayram Vaşingtonda taşkil qilinar ekan, unda amerikalik rasmiylar, diplomatik korpus vakillari hamda Amerikada yaşovçi yurtdoşlarimiz qatnaşdi.

Elçi Furqat Sidiqov nutq sözlab, yiğilganlarni bayram bilan qutladi. Bundan taşqari, AQŞ davlat kotibining Markaziy Osiyo böyiça yordamçisi Paul Kapur, savdo böyiça palata vakillari qatnaşdi. Ular Özbekistonni kerakli hamkor deya atadi.

Kun.uz bilan gaplaşgan Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqovga köra, Vaşington Toşkentni Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida tan olmoqda. Xöş, hozirgi aloqalar faqat Tramp administratsiyasi bilanmi yoki bundan keyin ham bardavom böladimi?

“Aloqalarimiz institutsionallaşdi, AQŞ Özbekistonning dunyoga oçilayotgani, yangilanayotganini kördi. Şuning uçun biz hozirgi hamkorligimizni uzoq muddatli poydevor bilan qurganmiz”, deydi elçi.

Bundan taşqari, diplomatning qöşimça qilişiça, prezident Mirziyoyevning Tramp taşabbusi bilan qurilayotgan “Amerika qahramonlari” boği uçun ikkita ayvonni sovğa qilgani ham katta voqelik.

“Bahorda u boğda sakura daraxti juda çiroyli gullaydi, bu Yaponiya imperatoridan sovğa. Endi uning yonida bizning prezident sovğasi bölgan ayvonlar ham turadi”, deydi elçi.

Şuningdek, Kun.uz bilan gaplaşgan Nyu Yorkdagi boş konsul Jamil Şarapovning aytişiça, Vatanga bölgan muhabbatgina özbeklarni bugun birlaştirmoqda.

Yana bir özbek tadbirkori esa oxirgi yillarda özbek vatandoşlarimiz uçun köplab konsertlar uyuştirilayotgani, ammo viza oliş masalalaridagi qiyinçiliklar sabab rejalar doim ham silliq keçmayotganini aytdi.

“Oppenheimer” investitsiya kompaniyasi Kapital bozorlari departamenti rahbari Farhod Inoğomboyevga köra, esa bugun Özbekistonga AQŞ kerak, AQŞga esa Özbekiston kerak.

“Qarang, Özbekistonning aholisi soni oşib bormoqda, bu katta bozor. Şuningdek, noyob mineral resurslar va tabiiy qazilmalar, konçilik bugun AQŞ hukumati uçun doimgidanda qiziq”, deydi u.