BMT Boş Assambleyasi anʼanaviy xaritadan (Merkator xaritasi) voz keçib, qitʼalarning, birinçi navbatda, Afrikaning ölçamlarini aniqroq körsatuvçi xaritaga ötiş haqidagi rezolyutsiyaga ovoz berdi. Bu haqda The Guardian yozdi.

Rezolyutsiyani 164 davlat qöllab-quvvatladi, oltitasi betaraf qoldi. Faqat AQŞ qarşi ovoz berdi, uning vakili rezolyutsiyani «ortiqça» deb atadi.

Rezolyutsiyani qabul qilişning asosiy tarafdorlaridan biri Togo edi. Davlat vakilining taʼkidlaşiça, rezolyutsiya «nomutanosib kartografik tasvirlar, ayniqsa, Merkator proyeksiyasi natijasi bölgan tasvirlar uzoq muddatli taʼlim, madaniy, geosiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib kelganini tan oladi va tasdiqlaydi, bu esa global jamoaviy ongda Afrika va dunyoning boşqa mintaqalari ölçamini keskin kamaytirişga yordam beradi».

Mercator_projection_Square
Merkator proyeksiyasiga asoslangan xarita (Vikipediya)

The Guardian naşrining taʼkidlaşiça, BMT rezolyutsiyalari majburiy emas, biroq uning qabul qilinişi öquv dasturlari va kundalik hayotda qöllaniladigan xaritalarga taʼsir qilişi mumkin. Şunday qilib, Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro allaqaçon Parij Merkator xaritalaridan voz keçib, «aniq maqsadlar uçun moslaştirilgan, haqiqiy maydonlarni aniqroq aks ettiruvçi va kartograflar va olimlarning tavsiyalariga mos keladigan kartografik proyeksiyalar»ni tanlaşini aytdi.

Merkator xaritasini flamand kartografi Jerard Merkator 1569-yilda yaratgan. Dastlab u dengiz navigatsiyasi uçun möljallangan edi. Şu bilan birga, bir neça asrlardan söng ham u xaritalar uçun jahon standarti bölib qolmoqda. Xaritaning asosiy kamçiligi şundaki, hudud ekvatordan qançalik uzoq bölsa, şunçalik kattalaşib boradi. Şuning uçun, masalan, Grenlandiya xaritada Afrika bilan teng körinadi, aslida esa Afrika undan 14 baravar katta.

Tarixçilar va geograflar köp yillar davomida Merkator xaritasi Ğarb stereotiplariga asoslanganligini taʼkidlab kelgan. Baʼzi mutaxassislar anʼanaviy xaritalarni «kartografik mustamlakaçilik» deb ataydi.

0212
Equal Earth proyeksiyasiga asoslangan xarita (Vikipediya)

Togo 2018-yilda xalqaro kartograflar guruhi tomonidan işlab çiqilgan Equal Earth xaritasidan foydalanişni taklif qilmoqda. Unda qitʼalarning maydonlari nisbatan aniqroq körsatilgan.