«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, uçraşuvda Yaponiya tomoniga kompaniya departament direktori Yoşikazu Nişikava boşçilik qilgan.
Muzokaralarda yetakçi işlab çiqaruvçilar uçun qöşma sanoat parki taşkil etiş imkoniyatlari körib çiqilgan. Sumitomo Corporation tajribasi va salohiyati orqali Yaponiyadan qöşimça investitsiyalar jalb qiliş hamda sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş közda tutilmoqda.
Özbekiston diplomatlari mamlakatda energiya samaradorligini oşiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar haqida ham maʼlumot bergan.
Tomonlar strategik şeriklikni rivojlantiriş va Yaponiya biznesi iştirokidagi loyihalarni amalga oşiriş muhimligini taʼkidlagan.
Uçraşuv yakunida amaldagi loyihalar böyiça iş jadvali muvofiqlaştirilgan. Şuningdek, hamkorlikning yangi yönalişlarini işlab çiqişga kelişilgan.
Sanoat parkini taşkil etiş masalasi hozirça muhokama bosqiçida. Xabarda uning joylaşuvi, investitsiya miqdori yoki işga tuşiriş muddati körsatilmagan.
Sumitomo Corporation 1919-yilda Yaponiyada taşkil etilgan. Kompaniya sanoat, infratuzilma, energetika, transport va şaharsozlik sohalarida faoliyat yuritadi.

















