Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi çoğida Norin tumanidagi Şörariq mahallasiga kirdi.
Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, mahallaning şaroiti oğir, içki yöllar ta’mirtalab, köça çiroqlari va lotoklar yöq. Bu yerda 5 mingdan ziyod aholi yaşaydi. 62 ta kambağal oila, 118 nafar işsiz bor, 157 odam migratsiyada.
Prezident oğir ahvoldagi mahalla binosini borib kördi va u yerda mutasaddilar bilan gaplaşdi.

«Biz maqtanib Namangan çiroyli, Namangan gullar şahri deyapmiz, bu yer-çi? Bu yer qaçon gullar şahri böladi?» – deya tanqid qildi u obektni körsatib.
Mas’ullardan biri tegişli savolga javoban hozirda viloyatdagi 54 mahalladan 4 tasi mana şunday oğir ahvolda ekanini aytgan.

Şavkat Mirziyoyev viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqovga topşiriq berdi. «Bugun qaror qabul qilasan – tuman hokimi kelib mana şu yerda yotadi. Bu yerdagi odamlar odam emasmi?» degan davlat rahbari.
Şörariq mahallasi raisi prezidentga «mahalla yettiligi» taşkil etilgani uçun rahmat aytdi.
«Oylik olyapsiz-ku, yo olmayapsizmi? Harakatlaringiz sizlarni boşqaça böladi, odamga yaqinlaşasizlar. Xalq bilan davlat orasida köprik bölasizlar, deb harakat qilganmiz. Bu yerda qanaqa „yettilik“? Qani „yettilik“?» – savol berdi davlat rahbari.
Mahalla raisi hudud tez orada kambağallikdan xoli hududga aylanişini va’da bergan.
«Bilasizlarmi, bunaqa joylarimiz bizga yaraşmaydi, barakamiz ketadi. Ota-bobomizga ham, Namanganga ham, urf-odatimizga ham, özligimizga ham yaraşmaydi bu joylar», – deya tuşuntirdi prezident.

Şundan söng prezident mahalla ahli bilan uçraşdi va ularning fikrlarini tingladi.












