Toşkent şahridagi 3 ta MÇJ – “Best info consult”, “Sta cons” va “Biletol” mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.
Kun.uz tanişgan ayblov xulosasida keltirilişiça, 1993 yilda tuğilgan M.R. hamda 1986 yilda tuğilgan Ş.K. özgalar mulkini qölga kiritiş maqsadida jinoiy til biriktirgan. Ular 2024 yil “Best info consult”, 2023 yil “Biletol” hamda “Sta cons” MÇJlarni davlat röyxatidan ötkazib, rahbarlik qilib kelişgan.
Uşbu MÇJlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy davlatlarga işga yuboriş haqida e’lonlar joylaştirilgan. Murojaat qilgan fuqarolar bilan şartnomalar rasmiylaştiriş orqali ularning işonçiga kirilgan. Söngra turli taşkiliy işlar bahonasida fuqarolardan pul mablağlari undirilgan. Biroq uşbu pullar jamiyat hisob raqamiga kirim qilinmasdan, şaxsiy ehtiyojlarga sarflangan. Xorijga işga jönatiş va’dasi esa bajarilmagan.
Jumladan, M.R. 2024 yil fevral oyida fuqaro I.A. bilan 1,5 ming dollar evaziga uni Litva davlatiga işga jönatişni va’da qilib, şartnoma imzolagan. Söngra fuqarodan 11 mln 200 ming söm pul olib, şartnoma şartlarini bajarmagan.
M.R. va Ş.K. şu kabi reja bilan 34 nafar fuqaroning jami 817 mln söm pulini qölga kiritgan. Ammo na ularni işga jönatgan, na pulini qaytarib bergan. Ular firibgarlikda gumonlanib, 2025 yil aprel oyida qölga olingan hamda qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda tergov harakatlari tugatilib, iş mazmunan körib çiqiş uçun sudga jönatilgan.
Oldinroq AQŞga işga jönatişni va’da qilgan “American Adventure” firmasi vakillari firibgarlikda ayblanayotgani xabar qilingandi.












