Namangan viloyati Norin tumani hokimi Jörabek Nurmatov prezidentning Şörariq mahallasiga taşrifi vaqtida bildirgan tanqidlari ortidan uşbu mahallaga örnatilgan konteyner uyga köçib ötgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida ma’lum qilingan.

«Prezidentimizning şu yil 16-17 sentabr kunlari viloyatimizga taşrifi tom ma’noda Namanganda 2-uyğoniş davrini boşlab berdi.

Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov boşçiligida tegişli örinbosarlar va mutasaddilar iştirokida Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida Norin tumanidagi Şörariq mahallasini Yangi Namangan mahallasiga aylantiriş jarayoniga kirişildi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, mahalla ahli, nuroniylar bilan uçraşuvda mahalla qiyofasini tubdan özgartiriş, böş turgan eski binolar örnida sanoat zonasi taşkil etiş, infratuzilmani rivojlantiriş böyiça rejalaştirilgan işlar haqida axborot berilgan.

Şuningdek, Yangi Namangan va uning atrofidagi 6 ta mahallani jadal rivojlantiriş böyiça master reja işlab çiqiş yuzasidan mutaxassislar, aholi vakillarining takliflari tinglangan.

Şu yerda barça işlarni muvofiqlaştiriş böyiça viloyat ştabi taşkil etilgan.

Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov va Norin tumani hokimi Jörabek Nurmatov Şörariq mahallasida

«Norin tumani hokimi şu mahalla hududiga örnatilgan konteyner uyga köçib ötdi va bu bilan islohotlarni tezlatiş, mavjud muammolarni joyida bartaraf etiş, mahallani obod maskanga aylantiriş imkoniyati yaratildi», – deyiladi xabarda.

Prezident 16 sentabr kuni Namangan viloyatiga taşrifi çoğida Norin tumani Şörariq mahallasiga borib, oğir ahvoldagi mahalla binosini borib körgan va mavjud holat uçun mas’ullarni tanqid qilgandi.