Rossiya qöşinlari 20 sentabrga ötar keçasi Ukraina hududlariga raketa va dronlar bilan yoppasiga zarba berdi. Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari qömondonligi ma’lumotlariga köra, 19 sentabr kuni keçqurun Rossiya qurolli kuçlari Ukrainaga 579 ta «Shahed» tipidagi dronlar va imitator dronlar, şuningdek, 40 ta raketa uçirgan.

Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Mahalliy rasmiylarga köra, Dnipropetrovsk, Mikolayiv, Çernihiv, Zaporijjya, Poltava, Kiyev, Odessa, Sumi, Xmelnitskaya va Xarkiv oblastlari zarba ostida qolgan.

Dniproda kassetali öq-dorilar örnatilgan raketa köp qavatli turar joy binosiga kelib tuşdi, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Şaharda yonğinlar sodir bölgan. Mahalliy rasmiylar bergan sönggi ma’lumotlarga köra, tinç aholi vakillaridan bir nafari halok bölgan, yana 36 nafari yaralangan. Sakkiz nafar jabrlanuvçi şifoxonalarda qolmoqda.

Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainian Emergency Service / AFP / Scanpix / LETA

Xmelnitskaya oblastida yana bir kişi halok bölgan, ikki kişi yaralangan.

Çernihiv oblasti rasmiylari ham bir kişi halok bölgani va sakkiz kişi jarohatlangani haqida ma’lum qilgan.

Şuningdek, dronlar Kiyev şahri va Kiyev oblastiga hujum qildi.

«Duşman hujumi oqibatlari Buça, Borispol va Obuxov rayonlarida qayd etilmoqda. Borispol rayonida 10 ga yaqin garaj binolariga zarar yetgan. Obuxov rayonida duşman hujumi oqibatida xususiy turar joy binosida yonğin sodir böldi», - deyiladi oblast hokimligi xabarida.

Buça rayonida urib tuşirilgan nişon bölaklari qulaşi oqibatida beşta yengil avtomobil yonib ketgan.

«Bunday zarbalarning har biri – harbiy zarurat emas, balki Rossiyaning tinç aholini qörqitiş va infratuzilmamizni vayron qiliş böyiça ongli strategiyasidir. Aynan şuning uçun kuçli xalqaro javob kerak, – dedi Zelenskiy. – Ukraina özini va Yevropani himoya qila olişini isbotladi, ammo işonçli qalqon uçun [biz] birgalikda harakat qilişimiz kerak: havo mudofaasini kuçaytiriş, qurol-yaroğ yetkazib berişni köpaytiriş, Rossiya harbiy maşinasi va uni moliyalaştiruvçi sohalarga qarşi sanksiyalarni kengaytiriş».