Özbekistonda tirzepatid asosidagi Sejaro preparati davlat röyxatidan ötkazildi. Işlab çiqaruvçi GEROPHARM kompaniyasiga köra, preparat semizlik va 2-tur qandli diabetni davolaş uçun möljallangan.

Ta’kidlanişiça, preparat Amerikaning Eli Lilly kompaniyasi işlab çiqqan Mounjaro preparatiga bioekvivalent hisoblanadi.

Tirzepatid organizmdagi ikkita inkretin gormoni retseptorlariga ta’sir qilib, iştahani kamaytiradi hamda yuqori kaloriyali oziq-ovqatlarga bölgan ehtiyojni pasaytiradi. Şuningdek, u içki a’zolar atrofida töplanadigan visseral yoğ töqimasi hajmini kamaytirişga ham yordam beradi.

“Xalqaro klinik tadqiqotlarda qandli diabet taşxisi qöyilmagan bemorlarda tirzepatidni 72 hafta davomida qöllaş tana vaznining 22,5 foizgaça kamayişiga olib kelgan. Şuningdek, bel aylanasi örtaça 14,6 santimetrga qisqargani ham qayd etilgan”, – deydi kompaniya vakili …

Preparat teri ostiga yuboriş uçun möljallangan şprits-ruçka körinişida işlab çiqariladi. U 2,5 mg, 5 mg, 7,5 mg, 10 mg, 12,5 mg va 15 mg dozalarida taqdim etiladi hamda haftasiga bir marta qöllanadi. Doza şifokor tavsiyasiga köra bosqiçma-bosqiç oşiriladi.

Sejaro retsept asosida beriladigan dori vositasi bölib, uni qöllaş böyiça qaror faqat şifokor tomonidan bemorning individual holati va tasdiqlangan körsatmalarga muvofiq qabul qilinadi.

Ma’lumot örnida, GEROPHARM Özbekiston bozorida 20 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Kompaniya avvalroq mamlakatda semaglutid asosidagi Semavik va Semavik Next preparatlarini ham röyxatdan ötkazgan. IQVIA ma’lumotlariga köra, 2025 yil aprelidan 2026 yil martgaça uşbu preparatlarning umumiy bozor uluşi qiymat jihatidan 55,8 foizni taşkil etgan.